8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
8-mavzu

Tug‘ma qobiliyatga:
biologik, jismoniy, ba’zi ruhiy xususiyatlar kiradi. Uni kamol 
toptirish jarayoni esa inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi axloqiy 
qonun-qoidalarni egallashi va san’atni hayotiy tajribasi bilan boyitishi orqali sodir 
bo‘ladi. Bunday fazilat, jumladan estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit 
ta’sirida shakllanadi. 
Forobiyning o‘zi mohir sozanda, bastakor yangi musiqa asboblarining ixtirochisi 
bo‘lgan. «Musiqa haqidagi katta kitob»ida u musiqa nazariyasi va tarixini bayon 
etib, Sharqda ma’lum va mashhur bo‘lgan rubob, tanbur, nog‘ora, ud, qonun, nay 
kabi asboblar haqida, ularda kuy ijro etish qoidalari haqida yozadi. 
Forobiy musiqa ilmining nazariy va amaliy tarmoqlarini, kuylarning ichki 
tuzilishini, qonuniyatlarini hisobga olib, ularni ta’lif va ilmi iqoga ajratadi. Musiqa 
nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy – ilmiy ta’rifini beradi, Kuylar 
ohangdorligining matematik tamoyillarini ochib beradi, turli jadvallar, geometrik 
qoidalar asosida ko‘plab murakkab chizmalar keltiradi, Sharq musiqasini, uning 
ritm-zarblari asoslarini dalillar bilan sharhlab beradi. «Baxt saodatga erishuv 
haqidagi» asarida, san’atning ulkan ta’sir kuchi haqida yozib, «San’at – insonda 
go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga ega», deb ta’kidlaydi. 
Uningcha, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni 
egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalash–tarbiyachilarning muqaddas 
vazifasidir. San’at o‘z mohiyatini yo‘qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi. 


Axloqsiz xulqni mukammal qiladi, muvozanat bilan odamlar xulqining 
muvozanatini saqlab turadi.
Forobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu to‘g‘ridagi bilim tananing 
salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. «She’r san’ati haqidagi» asarida 
yozilishicha, badiiy faoliyat o‘ziga xos tarzda voqelikka taklif qilishdir. 
Musavvirlik va she’riyat bir-biridan so‘z va bo‘yoq vositalarida foydalanishi bilan 
farqlanadi. Unda odamlar tasavvurlariga taqlid orqali ta’sir o‘tkazish maqsad qilib 
qo‘yiladi. Bu ta’sir kuch-tasavvur deyiladi va u tuyg‘u va aql-idrok oralig‘ida 
turadi.
Abu Rayxon Beruniy, «Yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya» asarlarida 
estetik fikrlarini bayon qilgan. Beruniy har qanday hayot qiyinchiliklariga 
qaramay, insonning buyukligiga, uning aqli va ulug‘vorligiga astoydil ishonadi. 
Nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi va 
aloqadorlik manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ta’kidlaydi. Uningcha, 
nafosat go‘zallik tabiati va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasidir. 
Uning nuqtai nazaricha, «hech nimaga muhtoj bo‘lmagan narsalarni etuk va 
mukammal deyish mumkin». 
Ibn Sino
, musiqa bilimiga oid to‘plam «Ash-shifo», «An-najot», «Donishnoma», 
«Musiqa san’atiga kirish», «qo‘shimchalar kitobi» kabi asarlarida estetika haqidagi 
fikrini bayon etadi.. estetika bilan axloq muammolarini bir-biriga bog‘laydi, 
Musiqaning estetik xususiyatlarini bayon qiladi, san’at turlarining axloqiy 
tarbiyadagi ahamiyati, she’riyatning kishilarga go‘zal fazilatlar singdirish 
imkoniyati to‘g‘risida yozadi.
Uningcha, «She’riyat tasavvurga ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtdir», «Barcha bilimlarga 
ega narsalar mukammallikka moyildir». «
Mukammallik»
insonning ichki 
go‘zalligi va ezgulikka intilishidir. Donishnoma asarlarida – tovushlar, uning 
baland-pastligi, nag‘malarning bir-biriga bog‘liqligi, ritmlar, kuy holati, Musiqa 
asbobi, barbod tanbur, shohrud, nay kabi Musiqa asboblari haqida yozadi.
«Qo‘shimchalar»da tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va 
yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo 
bo‘lishi, musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurati va uning paydo bo‘lishi 
sabablari haqida yozadi. Uningcha, inson yoqimli narsalar orqali engil tortadi, 
orom oladi, aksi bo‘lsa og‘ir tortadi, oromi yo‘qoladi, nafrat qo‘zg‘aladi.
Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayot uchun qanchalik zarurligi haqida 
ko‘p fikr yuritadi. Uningcha, hayvonlar o‘zlariga tanish bo‘lgan ovoz bilan bir-
biridan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo‘ladilar. Shu ovoz bilan ular bir-birini 
topadilar, natijada xavf-xatar tug‘iladi, shu holatda ovoz chiqaradilar buni 
eshitganlar darhol o‘sha ovoz chiqqan joyga yig‘ilishga va dushmanga umumiy 
hamla qilishga shaylanadi. Bu holni parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida 
ham ko‘rish mumkin. Tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan 
biridir. Bordi-yu, tovush ma’lum bir ohangda berilgan bo‘lsa, kishi ruhiga 
kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonlar qulog‘i ko‘proq nutqlardagi tovushlarni 
eshitishga moslashgandir, deydi muallif.
Ibn Sino ta’kidlashicha, «Alloh insonlarga in’om etgan baxtlardan biri inson 
nutqidir. Inson o‘zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali o‘z hissiyotlarini 


izhor etadi». «Kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar, do‘q-
po‘pisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo‘ladi». 
«Inson qalbi har bir yangi va ko‘ngildagidek nag‘madan orom oladi. qanchalik shu 
yoqimli nag‘ma g‘oyib bo‘lsa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi 
nag‘maga o‘xshash ikkinchi nag‘maning paydo bo‘lishi bilan qalbdagi hayajon 
yo‘qola boshlaydi», «Insonlarning ovozlari ham biror ma’noni ifodalab, kishi 
ruhiga ta’sir etishi mumkin, shundan rang-barang fe’l – atvorlar sodir bo‘ladi». 
«Mana shunda ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi 
qanday bo‘lishligi kishi ruhiga ta’sir etishda ahamiyat kasb etadi. Musiqa fani 
tovushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi 
mumkin». 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin