madaniyatiga, uning aqli va tuyg‘usining rivojlanishiga bog‘liq, uni shuning uchun
ham tarbiyalash, rivojlantirish mumkin. Bunda san’atning estetik didni,
shakllantiradigan eng yaxshi namunalari alohida rol o‘ynaydi.
estetik did hamma
vaqt
individualdir
. Kimgadir U.Hayyom ruboyilari yoqsa, kimgadir A.Yassaviy
hikmatlari...
Kimningdir ko‘ngliga kuz fasli, boshqasiga bahor yoqadi va h.k.
Kimdir markalar yig‘ib borsa, kimdir etiketkalar to‘playdi. Jaz musiqasi va uning
zamonaviy ritmlarini sevuvchi kishi opera va simfonik musiqani «zerikarli» deb
isbotlaydi.
Estetik baho
– bu predmet va hodisalarni tushunib, dadil, ishni bilgan holda, estetik
qiymati va kamchiliklari haqida hukm chiqara olishdir. Nimagadir yoki kimgadir
estetik baho berish go‘zallik qonunlari haqida o‘z bilimini aniq va ongli ravishda
qo‘llash, mazkur predmet, hatti-harakat, inson nima uchun go‘zal yoki xunuk ekani
haqidagi tushunchani namoyon etishdir. estetik baho boshqa baholardan farqli
o‘laroq, hodisalarni yaxlit qamrab oladi. Masalan: «A’lochi talaba» desak, biz
uning bilimiga, «haqiqiy do‘st» desak, axloqiga baho bergan bo‘lamiz. «Ajoyib
inson» degan baho-haqiqiy estetik bahodir.
Odatda, estetik baho emotsional bo‘yoqli bo‘ladi.,
chunki siz u holda muayyan
predmet, hodisa orqali o‘zingizda uyg‘otgan tuyg‘uni ifodalaysiz. Atrof-olamni
estetik nuqtai nazardan baholashni o‘rganish uchun go‘zallik va xunuklikni yaxshi
his qilishning o‘zi kamlik qiladi., nazariy bilimlar bilan ham qurollangan bo‘lish,
estetikaning asosiy tushunchalari ma’nosini o‘zlashtirish ham zarur.
Estetik ideal
– bu kishilarning hayotda va kishining o‘zida mukammal bo‘lgan va
orzu qilingan narsa haqidagi tasavvuri. Bu faqat eng yaxshi ijtimoiy tuzum
haqidagi (siyosiy ideal) va eng adolatli jamiyat haqida (axloqiy ideal)dagi
tasavvurgina emas. Bu kishilar, ularning muhit, atrof-muhit, kishilarning o‘zaro
munosabatlari go‘zal bo‘lgan yaxlit, eng yaxshi hayot haqidagi tasavvurlaridir.
Kishilar ongidagi estetik ideal amalda yuzaga chiqishi kerak bo‘lgan go‘zallik
obrazi tarzida mavjud.
Jamiyat idealsiz, o‘z hayoti rivojining oliy va kelajak
maqsadlarisiz yashay
olmaydi. Har bir kishi ozod va garmonik rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan
jamiyat haqidagi orzu butun bashariyat tarixi osha o‘tib keldi. Bu oddiy orzu emas
edi- bu orzu yo‘lida insonlar kurashga otlandi, ko‘plari qurbonlar bo‘ldi. qaerda
ideallar yo‘qolsa, yoki undan kishilarning ixlosi qaytsa, u joyda turg‘unlik, inqiroz,
ma’naviy bo‘shliq, tushkunlik, oqibat natijada jamiyatning inqirozi yuz beradi.
Estetik qarashlar va nazariyalar estetik ongning g‘oyaviy sohalarini tashkil etadi va
ular tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimidir.
Estetik qarashlar voqelikning estetik tomonlarini his-tuyg‘u, yordamida idrok etish,
ularni tushunchali anglashdan oldin sodir bo‘ladi. Nafosat, oliyjanoblik, fojiali,
kulgili, san’atning mohiyati va burchi masalalarni qamrab olgan estetik qarashlar
va nazariyalar estetik ongning barcha qismlariga ta’sir o‘tkazadi. estetik his-
tuyg‘ular, didlar, ayniqsa orzular xususiyati ko‘p jihatdan
estetik qarashlar va
nazariyalarga bog‘liq bo‘ladi.
Estetik nazariya
– bu estetik ob’ektni butunlay qamrab oladigan tamoyillar,
qarashlar,
tushunchalar,
qoidalar,
aqidalar,
bilimlar
tizimidir.
estetik
nazariyamantiqqa, tamoyil tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga
asoslanadi.
Estetik faoliyat
– estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirilishidir.
estetik faoliyat asosini insonning muayyan
talab ehtiyojlari
tashkil etadi. Inson
faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Talab – ehtiyojlar
insonni faoliyatga undaydi, faoliyat
esa yangi-yangi talab
ehtiyojlarni kelib chiqaradi. Ruhshunos olimlar estetik ehtiyojlarni inson talab
ehtiyojlarining eng oliysi sifatida ta’riflab berganlar. Chunki estetik ehtiyojlar
jamlangandir. Garchand bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson ekan,
go‘zallikni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha
go‘zallikka tashna bo‘lib yashaydi. estetik ehtiyoj mohiyati ana shular bilan
izohlanadi. Rivojlangan estetik ehtiyoj hech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat
iste’mol qilish bilan cheklanib qolmay, yangilarini yaratish, ijod qilishga rag‘batni
vujudga keltiradi.
Ilmiy ijod va estetik faoliyat.
Estetik faoliyat ilmiy ijodning
ham estetik tomonini
tashkil qiladi. Olimning salohiyati, ijodiy mehnatlari va samaradorligi uning estetik
madaniyati darajasiga bog‘liq. Olimning estetik madaniyati deganda uning estetik
his-tuyg‘usi, ilmiy farazi (fantaziyasi), ilm, fahm farosati (intiutsiyasi),
ko‘rgazmali ramziy tasavvurlarni hosil qilishga qobiliyati, tafakkurning o‘ziga xos
tasviriy umumlashtirishlarga moyilligini tushunamiz. estetik rivojlanmaganlik,
loqaydlik olimning ijodiy kuch-kudratini so‘ndiradi, ilmiy-ijodiy jarayonda juda
muhim bo‘lgan shaxsiy qoniqish hissidan mahrum etadi, aqliy ravnaqiga salbiy
ta’sir o‘tkazadi. Ilm-fan bilan bir tomonlama shug‘ullanib, san’atda
lazzatlanish
hissini yo‘qotib qo‘ygan va yo‘qotish shaxsiy baxtni yo‘qotganlik bilan barobar
bo‘lib, u olimning aqliy va axloqiy sifatlariga salbiy ta’sir qilgani haqidagi tarixda
misollar ko‘p.
Dostları ilə paylaş: