8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
8-mavzu

Kaykovus
«Qobusnoma» asarida, estetikaning muhim tushunchasi-go‘zallik va 
uning so‘zdagi ifodasi, ma’naviy merosia o‘z munosabatini bildiradi. «Bilgilki, 
xalqning rasmi, odati shunday: yugurib-elib, qidirib–axtarib dunyodan biror narsa 
hosil qiladi va bu topgan narsasini o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib 
ketadi. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen esa men uchun eng 
qimmatbaholigimsan». Qobusnomada estetik qadriyatlar axloqiy qadriyatlarga 
o‘rab bayon qilingan. 44-bobda insonning go‘zal fazilatlari haqida so‘z boradi.
Dono pand-nasihatlar mazmuni go‘zal xulqli komil insonga qaratilgan bo‘lib, 
ilohiy va dunyoviy go‘zalliklarni qadrlashga da’vatlar bilan nurlantirilgan. Ahmad 
yugnakiy – «Hibbatul haqoyiq», Firdavsiy «Shohnoma» asarlarida estetik fikrlarni 
bayon etgan.
Alisher Navoiy
falsafiy, adabiy – estetik qarashlari mehvarida komil inson tarbiyasi 
uning go‘zalliklar ko‘rilovidagi hayot tarzi qanday bo‘lishi kerak, degan masala 
turadi. «Nafis san’at inson ma’naviy olami, kamoli uchun kalit», «bizga yana bir 
shifo dorisi berilgan bo‘lib, u san’atdir. Go‘zallik yaratuvchi san’atkorlar chizgan 
rasmlar mo‘‘jizakor bo‘lib, ular inson ruhiga mayin ta’sir qilish qudratiga ega» deb 
ta’kidlaydi u.
Shuningdek, Alisher Navoiy «Majolis-un nafois», «Mezon- ul- avzon», 
«Mufradot» asarlarida ham nafosat ilmi to‘g‘risida fikr yuritadi. U «Qori navo» 
kuyining bastakori. Iste’dodli musiqiy talabalarning ustozi.
Navoiy adabiy-estetik qarashlarida so‘z san’ati va estetik tafakkur taraqqiyotida 
muhim o‘rin tutadi. Unda badiiy adabiyot ma’naviy hayotning muhim bir sohasi 
bo‘lib, san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning barqaror bo‘lishiga 
xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy xislat va fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, 
hissi va didiga ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir, degan g‘oya ustuvordir.
Abdurahmon Jomiy.
Forobiy, Ibn Sinolar umuman musiqaning kishi xulqiga ta’siri 
to‘g‘risida gapirgan bo‘lsalar, Jomiy musiqaning (maqomning) tarbiyaviy 
ahamiyati to‘g‘risida «Risolai Musiqiy» asarida quyidagilarni yozadi, «Bilki, 
kishiga lazzat baxsh etishdan iborat umumiy xususiyatdan tashqari 12 maqomdan 
har biri, har bir ovoz va sho‘‘ba maxsus ta’sir kuchiga ega. Ushshoq va navo 
qudrat hamda jasurlik uyg‘otadi, vaholanki, ovoz bunday ta’sir kuchiga ega 
emas»... Mazkur asarda musiqa nazariyasi, uning turlari, ijro usullari va sozlar 
haqida keng ma’lumot berib, musiqaning taraqqiyot davrlari xususida ham 
to‘xtaladi.


XV asr shoiri 
Ahmadiy
«Majoziy» uslubda yozgan «Sozlar munozarasi» asarida 
musiqa va she’riyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ularning hamohangligi, inson 
ruhiyatiga estetik ta’siri, tanbur, ud, chang, kubuz, rubob va boshqa musiqiy 
asboblarida sozlar bir-birlari bilan munozara bahs qiladilar deb yozadi. Uningcha, 
tanbur – do‘mbira o‘z san’atini maqtaydi. Ud – uni rad qiladi va o‘zini ta’riflaydi. 
Nihoyat, munozaraga «Piri xarobot(soqiy) aralashib, sozlarga nasihat qiladi va 
ularning o‘ziga xos fazilati borligini ta’kidlaydi».
 XIV asr oxiri XV asr boshlari
«Tasviriy ish ustalari kasb uyushmasining nizomi» 
nomli risolada naqqoshlik ustalari Ubayd Buxoriy, Abdujamol Toshkandiy, 
Jaloliddin Andijoniylarning nomlari hurmat bilan tilga olinadi. Naqqoshlik san’ati 
O‘rta Osiyoda keng tarqalib, xalq tomonidan bu san’at turi nihoyat darajada 
e’zozlangani gapiriladi. Naqqoshlik bino va kitoblarni badiiy bezashda 
o‘ymakorlik va naqshlarda keng o‘rin egallagan.
Uyg‘onish davrida q
adimgi yunonlarning estetik idealiga qaytildi. Kamolotli 
kishining ideali – erkin, garmonik rivojlangan «hech qanday insoniylik begona 
bo‘lmagan» inson edi. Insonga, uning chegarasiz, imkoniyati qobiliyatiga va 
insonning 
yarmidagi 
baxtli 
hayotidagi 
ishonch 
– Uyg‘onish davri 
dunyoqarashining ajralib turgan belgisi edi. Bu davrda «gumanizm» insonni sevish 
tushunchasi vujudga keldi. g‘arbda Shekspir, Leonardo da Vinchi, Servates, 
Sharqda Nizomiy, Sh.Rustaveli, Navoiy... real hayot va inson go‘zalligini ehtiros 
bilan isbotladilar. Ularning nuqtai nazaricha, erdagi hayot haqiqiy va go‘zaldir, 
inson unda o‘zining oliy baxt va shodligini topishi lozim.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin