8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
8-mavzu

Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik
qahramonlik va mardlik bilan qorishib ketadi. 
qahramonlikda ulug‘likka xos estetik va axloqiy sifat to‘la namoyon bo‘ladi. Xalq 
fidoiylari, elu-yurt jonkuyar-larining qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham 
ulug‘vorlikni ham mardonalikni namoyon qiladi.
Alisher Navoiy ta’biricha, qahramonlik, ulug‘lik, halol mehnatda, yaxshi axloqiy 
aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o‘z ifodasini topadi. 
San’atda ulug‘vorlik.
San’atning turli shakllarida ulug‘lik xilma-xil tasvirlanadi,-
qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa 
asarlari, me’morchilik kabi san’at mujdalari ulug‘lik mavzuini badiiy o‘zlashtirish 
jarayonida vujudga keladi. 
Me’morchilikda Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi 
me’morchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, Rimliklarning Koleziyi, O‘rta asr 
gotik bosh cherkovlari, Rus cherkovlari me’morchiligining eng yaxshi namunalari. 
Rastrelli kabi me’morlar yaratgan go‘zal binolar o‘zlarining salobati, ulug‘vorligi 
bilan kishini hayratda qoldiradi. Me’morchilikda ayrim obidalar: Bobil minorasi, 
Minorai Kalon, Misr piramidalari o‘zlarining keng ko‘lami – miqiyoslari bilan 
kishini hayron qoldirsalar, boshqalari o‘zlarining o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, 
hamohangligi, atrof-muhiti bilan uzviy qo‘shilib ketganligi katta ahamiyat kasb 
etadi. Amir Temur dahmasi, Shohi Zinda, Ichan qal’a, Registon maydoni Mir Arab 
madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor, me’morchilik asarlari nafis 
san’at mujdalari sifatida ulug‘vorlik tuyg‘usini mavjlantiradi. 
San’atda ulug‘vorlik ko‘pincha fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. 
Navoiy – Shekspir asarlari. Layli – Majnun, Rameo – Juletta, Suqrotning o‘limi 
bilan fojialik aks etgan asarlardir.
Ulug‘vorlik J.Rumiyning quyidagi fikrlarni ham yaqqol o‘z aksini topdi: 
«Men taxtdan tobutga sakraydigan sultonlardin emasman,
mening manglayimga badiyat muhri barqaror».


Men o‘lgan kun damo-dam chekmangiz g‘am,
Uni hijron kuni deb o‘ylamang ham. 
Bu hijronmas sira, asli visoldir, 
Visolda g‘am chekish xufri – uvoldir. 
quyosh botsa, tag‘in bo‘lg‘usi paydo,
To‘kilsa erga don – bo‘lg‘ay huvaydo! 
Agar o‘lsam, meni aslo qaro tuproqdan axtarmang, 
Yasharmen ahli orif ko‘nglini mangu makon aylab 
Qoshimda lim to‘la bir kosa ayron,
Jahon sharbatlari menga ne darkor. 
Agarchi ochmenu zahmat chekarmen, 
Alishmam hurligim qullikka zinhor... 
Ayo siz, jon chekib, har lahza izlarsiz ilohiyni, 
Ani izlashga hojat yo‘q, ilohiy – siz, ilohiy – siz! 
Inson murakkab kamolot yo‘lini bosib o‘tib, xudoga o‘xshaydi. «Ozod o‘ldirki 
birov ranjida qilg‘ondin ranjida bo‘lmag‘ay va javonmard uldirki, ranjida 
qilmagay» 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin