8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
8-mavzu

Komiklik va kulgililik. 
Kulgililikdan komiklik tushunchasi ancha tor. Har qanday 
kulguli narsa komik bo‘lavermaydi. Komik voqea deganimizda ijtimoiy va estetik 
ahamiyatga ega bo‘lgan hodisani anglaymiz. Kulgili yoki eng sodda komik voqea 
latifa mavzui bo‘lib xizmat qilishi mumkin va undan hajviy o‘xshatma (parodiya), 
hazil (sharj) kabi san’at ko‘rinishlari o‘rin olgan. 
Komediya – eng oddiy kulgi bilan emas, balki komik matn bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Gogol: «Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak». Komediyaning 


asosini komik to‘qnashuvlar, komik tabiat ramziy qiyofalar, «fosh» etilishi zarur 
bo‘lgan komik vaziyat tashkil etadi.
Komediya – salbiy xislatli odamlarni aks etuvchi asar ma’nosini anglatadi. Ammo 
bu adabiy janr kishilarning o‘ta buzuqligini emas, balki kulgililik jihatlarinigina 
qamrab oladi. Kulgi dunyodagi g‘ayritabiiy-hodisalarni qoralabgina qolmay, balki 
ularni yaxshilashni ham ko‘zga tutadi. Komediya eng avvalo, o‘z-o‘zini tanqid 
qilishning maxsus shakli sifatida amal qiladi.
Komediya o‘zining ijtimoiy vazifasini o‘ta soddalashtirib, u yomon xulq, yomon 
odam, yomon hodisalarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri, bevosita tuzatishga, yaxshilashga 
olib keladi. Komediyaning bosh vazifasi – odamlar axloq-odobini sahnadan turib 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita miyasiga joylashtirib, tuzatishdan emas, balki 
insonning hayotdagi kulgililikni ilg‘ab olishdagi qobiliyatini mashq qildirib 
turishda, ya’ni odamlarda hazil tuyg‘usi kabi qimmatbaho fazilatni 
rivojlantirishdir. Shu tariqa komediya odamlarni yaramas va xunuk hodisalarni 
kulgili tomonlarini ko‘ra olishga, ularni anglash, fosh qilish, qoralashga o‘rgatadi.
Komediyadagi kulgi esa yaramas va xunuk hodisalarning bo‘sh eri, zaif tomonini 
tanqid qiladi. Kulgining badiiy shakllari orasida masxara (satira) alohida 
ahamiyatga ega. Umumiy estetik ma’noda masxara voqelikni badiiy tasvirlash turi 
bo‘lib, hayotning salbiy hodisalar, yuksak insoniy orzularga zid ekanligini 
bo‘rttirib ko‘rsatadi. 
Satira 
san’atning har xil turlari va ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi: unga lirika 
ham, epos ham, drama ham yot emas. Komediya san’atiga xos tanqidiy yo‘nalish 
masxarada to‘laqonli aks etadi. Satiradagi fosh etuvchi kulgi qahr - g‘azabdan 
ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Satirada zardali hazil, achchiq kinoya, hazil 
mutoyibadan foydalaniladi. Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto 
“tabiatni qutqarish” degan so’zlarni tez-tez eshitamiz. Xo’sh, tabiatni kimdan 
asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar 
ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo’ysundirganidek 
bo’ysundirishi, “olamni o’zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat 
insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar. 
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti 
jahonning deyarli barcha stivilizastiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er 
yuzi manzarasining) o’zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv 
omborlarini olib ko’raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas 
landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, 
o’simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg`unligidir. Biz esa tabiatga 
bo’lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to’ydiradigan, hayotimizni 
farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg`unlikni muntazam 
ravishda buzib kelmoqdamiz. 
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb 
ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat 
qo’ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo’ylaridagi 
butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig` yashashni tavsiya 
etadilar. 
Shahar 
shovqinlaridan, 
mehnatdan, 
axborotlar 
siquvidan 
charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda tabiat qo’yniga chiqib dam 


olamiz. Toliqsak, doim “onamiz” qo’yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, 
go’zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so’ng yana 
hammasini unutamiz, tag`in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? 
Chunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. Shu sababli biror bir odamning 
yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, 
tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o’zi shunaqa”, yoki muayyan 
hayvon yoxud o’simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o’zi 
shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo’yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi 
(katta olammi), olami sug`romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim 
darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, 
uni fan sifatida zo’r berib o’qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan 
ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ`ib qiladi. Biroq ularning 
hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish 
mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go’zalligiga beg`araz 
munosabatda bo’lishni o’rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb 
emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok 
etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go’zallik va ulug`vorlik manbai, lekin faqat inson 
uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, 
namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong`u tushayotgan paytdan boshlab 
ochiladi. Demak, hayvonlarni, o’tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog`larni faqat 
“biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim. 
Buyuk faylasufi I. Kant tabiatni axloqiylik bilan bog`laydi: “Kimniki bevosita 
tabiat go’zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo’q deganda, axloqiylikka, 
ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi”, – deydi u.
1
Ammo H. 
Hegelning, tabiatda ideal yo’q, shu sababli u ikkinchi darajali go’zallik turi, degan 
fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni “bo’ysundirishni” 
targ`ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq yillar 
mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, 
tiklash haqida qayg`urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin 
landshaft estetikasini chetga chiqarib qo’ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq 
bo’ldiki, tabiatni eng ulug` va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan 
estetik savodsizlikdir. Aniqrog`i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin 
emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to’g`ridan-
to’g`ri idrok eta olsak (bunga keyinroq bafurja to’xtalamiz), ikkinchidan, u san’at 
uchun insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan 
tabiat estetik qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks 
etgan tabiat o’zining g`oyaviy-badiiyligi, abadiylikning o’chmas lahzasi 
takrorlanmas go’zallik yoki ulug`vorlik, ba’zan esa fojeaviylik sifatida bizni 
doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa tabiat 
faqat go’zallik va ulug`vorlikni ifodalaydi, g`oyaviy-badiiy urg`uga ega emas
hissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir ko’rsatolmaydi, ammo san’atda 
landshaftning butun go’zalligini aks ettirish imkoni yo’q. Masalan, o’tloqdagi 
1
Кант И. Сочинения. В 6 т-х. Т. 5. Москва. Мысль. 1966. С. 314. 


giyohlar ranginligining o’rnini hech bir rassom bo’yog`i bosa olmaydi, ranglarning 
barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri bilan nouyg`un 
olachalpoq ranglar yig`indisidan iborat bo’lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. 
Rassom bizga faqat o’tloqning bir parchasini, o’zi “tanlab olgan” qisminigina, 
“tanlangan” ranglarnigina ko’rsatishi mumkin. Yoki musiqa san’atiga aylangan 
tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan “To’rg`ay” kuyini bir-ikki, 
boringki, o’n-o’n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq 
uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo’lmasin, joningizga 
tegadi. Jonli to’rg`ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz 
ham, har gal zavq olasiz. Shu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham 
san’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali 
o’rganish maqsadga muvofiq. 
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va 
janrlarida o’z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni “o’rganish”, 
“tushunish” barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – 
romangacha, she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror 
janrni topish mumkin emas. O’rik daraxtining to’rt fasldagi holati, ko’klamdagi 
gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda 
yalang`och, shoxlari nayzaga o’xshagan ko’rinishlari badiiy adabiyotda ham, 
rassomlikda ham o’z ifodasini topgan. O’zbek xalq kuyi “Cho’li iroq”da 
fojeaviylikni, Betxovenning “Oydin sonati”sida inson qalbi evrilishlarining, 
xayolga cho’mgan quvonchning ifodasini ilg`aymiz. Me’morlikda yaproqlarning 
peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go’zal kiyikning tasviri 
deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go’zallashtirib, 
ulug`vorlashtirib turuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini “ekologik estetika” doirasiga 
tiqib qo’yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, 
degan gaplar asossiz. U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot 
ob’ektiga ega bo’lgan, muhimlardan muhimroq estetik nazariya turidir, uning 
“hurmatini joyiga qo’yish” vaqti allaqachon kelgan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin