inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik
go’zal bo’lsa, shunga qarab o’zgarib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda
inson
tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki
tafakkur, vujud va axloqdan farqli o’laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega.
Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o’zidan
yuksakroq narsaga
aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa o’z navbatida yana yangi narsani
yaratadi va shu tarzda tafakkur olg`a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda,
hisobga
olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy
jarayonlarni o’zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas.
“Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib
u moddiy jarayonlarni o’zgartira oladi? Bu savolga
ilm hozircha javob topgan
emas”
2
. Nima bo’lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi
isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika
vositalarini tezkorlik bilan o’zgarib, qulaylashib, go’zallashib borishini ta’minlab
kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli
katta.
Dostları ilə paylaş: