Shuni
unutmaslik lozimki, har qanday konstrukstiyachi-injener dizayner
bo’lolmaydi. Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab
uning motoridan tortib, kuzovigacha bo’lgan qismlari loyihasini chizadi va
shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog`lab yaxlit mashina shakliga keltiradi.
Natijada har bir qism alohida “o’z hayotiga” ega bo’ladi. Ya’ni, mashina
zamonaviylashtirilganida (modernizastiya qilinganida) muayyan detallarni so’nggi
loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro’y beradi. Dizaynchi-
injener esa mashinani go’zallik va ulug`vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga
muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstrukstiyaga bo’ysunsa-
da, o’zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. Shunday qilib, konstruktor-injener
mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi mutaxassis – texnik,
ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg`unligi tufayli zamonaviy xaridor
talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-
istamaymizmi, estetik ko’rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik
ahamiyatiga ega bo’ladi. Zotan, eslaylik,
Shiller aytganidek, shakl insonga
butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir ko’rsatadi. Xaridor esa,
eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog`liq ekan, degani emas. Unda
ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg`unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday
uyg`unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi
sifatida vujudga keladi. Masalan, “Zinger” rusumli tikuv stanogining XX asr
davomida rivojlanib, dastlabki qo’pol ko’rinishidan “xohlasang ham, xohlamasang
ham ishlaging keladigan” darajada go’zallashib, noziklashib, insonni o’zida
ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. Yoki o’zimizdagi “Daewoo”
korporastiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan “Matiz” avtomobiliga
e’tibor qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o’zidan avvalgi kichik mashinalardan,
xususan, “Tiko”dan keskin farqlanadi. Uning yo’lda engil borishi kishida xuddi
suzib ketayotgandek tassurot uyg`otadi, asosiy chiroqlari (faralari)
ana shu
taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko’zlariga o’xshaydi, oldindagi pastki ikki
chiroq esa sizga bodomqovoq – Sharq go’zallariga yarashib turadigan qiyiq
ko’zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko’rinishi bilan mohiyati nihoyatda
muvaffaqiyatli moslashtirilgan: “Matiz” – baliqdek silliq olg`a intiladigan,
“epchil”, go’zal, Sharqda ishlangan, sharqona mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni
odamiylashtirib, o’zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va
erishmoqdamiz; hozir ruchkamizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan
tortib, ko’ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko’rgazmali amaliy san’atga (xalq
amaliy san’atiga) borib taqaladi: u ham,
bu ham foydalilik, manfaatlilik
xususiyatiga ega, ya’ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat
qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo’lgan hunar, aytib o’tganimizdek,
san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki,
hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg`onga, xontaxtaga yoki
naqshin qutichaga o’z dunyosini,
xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni
hunarmand-usta yasagan o’nta mis laganda ustaning o’n xil ruhiy holatini,
kechinmalarini ilg`ash mumkin. Dizaynda esa o’n minglab yoki yuz minglab
ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizastiya qilinishi mumkin, lekin unda
ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo’ladi, usta esa doimo
yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rang-baranglik, individuallik hunar
mahsuliki san’at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari
hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib
qaraydi va ishlab chiqaradi. Ya’ni, unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo
va “bir qo’lning” mehnati. Dizaynda esa ashyolar “turli qo’l” ishlagan qismlarni
bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o’zini butunisicha
namoyon qiladi. Shu sababli hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi
nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. Shunga qaramay, dizayn va dizaynerning
ijodiy mehnati yer yuzida tobora ko’payib borayotgan inson zotining zamonaviy
iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi bilan
muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa
dizayn nazariyasi sifatida
estetikaning o’ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to’liq tasavvur qilib
bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: