8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
8-mavzu

.
 
Mehnat ham moddiy
hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga 
aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida 
vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga 
keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat 
ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi
.
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida 
zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni 
rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan 
ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur 
himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir 
ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda 
ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha 
jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon 
hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan 
ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga 
qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi 
sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni 
amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi. 
 
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya 
jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy 


munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. 
Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush 
tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar 
talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi 
va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi 
tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali 
topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga 
tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan 
personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni 
ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat 
beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. 
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki 
ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm 
bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. 
Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. 
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi 
ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X 
asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. 
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib 
holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning 
uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, 
farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar 
aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-
go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida 
ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik 
qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya 
jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya 
uyg’unlashgan umumiylikdan iborat. 
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya 
ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning 
uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy 
kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan 
emas.
Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu 
borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida 
insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat 
kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin. 
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti 
ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi. 
Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki 
cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina 
ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko’rsatish 
mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan 
joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish 


muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish 
reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi. 
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir 
qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko’ngilochar 
maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi 
ko’zlanadi. 
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir 
qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. 
Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda 
ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin. Misol 
uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo’shningni 
o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan 
qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va 
tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib 
keladi. 
Bu 
borada 
Prezidentimizning 
“Yuksak 
ma’naviyat-yengilmas 
kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob ostida axloqiy 
buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak 
bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik 
an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni 
qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”-
degan purma’no hikmat bor.
Endi ikki og’ir so’z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, 
tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam 
yanglishmagan bo’laman. Lekin, bir narsaga g’oyatda tahdidli, u ham bo’lsa, 
ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib 
qo’yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go’zallik, ezgulik singari muqaddas 
tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog’lab, iste’mol va tovar 
sifatida xaridorgir bo’lishiga qaratilgan maqsadni targ’ib qiladi. Bu esa pirovardida 
“bozor adabiyoti”, “bozot san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi 
hodisalarning “gullab-yashnashi”uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho 
ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, 
“millati”ning tayini yo’q “badiiy”filmlar ham ko’payib ketgan. “Bozor 
san’ati”deganda, birinchi navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida 
qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi 
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go’yo rivojlangan madaniy 
dunyoga integratsiyalashish niqoblariostida namoyon bo’lmoqda. Bu niqoblar 
ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo’lgan illatlar bilan 
umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin