Gegelning ta’kidlashicha, eng qadimiy Misr qabr ustidagi yodgorliklari –
piramidalar birinchi navbatda o‘zlarining ulkanligi bilan odamlarning hayratga
soladi, ayni paytda ularni qurish uchun
qancha vaqt sarflanganligi, uni ko‘pgina
matonatli inson kuchlari qurganligi haqida fikr-mulohaxazalar bildiriladi.
Chernishevskiy: - Oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron
ulug‘vordir,- pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi
ulug‘vordir, deb ta’kidlaydi.
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. U tabiatda, jamiyatda inson
faoliyatida namoyon bo‘ladi. ulug‘vorlik odamlarni faol harakatga, o‘zlaridagi
ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga rag‘batlantiradi. Tabiatda baland tog‘lar,
qudratli shar-sharalar, cheksiz okeanlar, moviy dengizlar, tubsiz osmon ulug‘vorlik
timsollari bo‘lib,
ular ulkanlik, buyuklik, keng ko‘lamlik,
tuganmaslik jihatda
umumiylikka ega. Tabiatda ulug‘vorlik insonni zaiflikka emas, balki undagi tabiat
bilan qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi. Ulug‘vorlik hissi (o‘zicha estetik)
hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg‘ularini qamrab oladi. Bularga ba’zida
qo‘rquv hissi ham qo‘shiladi, qo‘rquv hissini insonni kamsitmaydi,
balki
to‘siqlarni engib o‘tishda turtki bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: