Tabiatdagi go‘zallikni ana shu inson o‘z aql
zakovati orqali bilib oladi,
moddalarning qonunlari va xossalarini ochib, o‘z ijodiy mehnati bilan ularni
yanada takomillashtirish uchun bu qonun va xossalarda foydalanadi.
«Oltinni oltin qilgan bolg‘a» deyishganda, albatta insonning qo‘li va mehnati aks
ettiriladi. Tabiatda uchraydigan tug‘ma oltin chiroyli bo‘ladi,
ammo u qidirib
topilib, yuvilib, yuzlab qo‘llardan o‘tib, oxiri og‘ir quyma holda yaltiragunicha,
yupqa tilla taxtachalarga aylagunicha odam qanchadan-qancha mehnat sarflaydi.
Bu ishning boshlanishi, xolos. Oltin qo‘li gul insonlar
tomonidan yaratilgan turli
buyumlar o‘z go‘zalligini to‘la-to‘kis namoyish qilmog‘i uchun zargarlar, tajribali
ustalar, talantli rassomlar qanchadan-qancha mehnat sarflashlari kerak bo‘ladi.
...Butun go‘zalliklarni ko‘rsatish faqat insonning qo‘lidagan keladigan ishdir.
Insonning go‘zalligi jamiyatga, uning yuksak g‘oyalariga xizmat qilishida, ishga,
o‘z do‘stlariga bo‘lgan munosabatida ayniqsa yao‘o‘ol namoyon bo‘ladi. Jamiyat
manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yadigan kishilarni, do‘stlik va birodarlikni,
o‘zaro munosabatlarning asosi deb biladigan kishilarni go‘zal,
ajoyib kishi deb
ataymiz.
Ularni uzoq geologik ekskursiyalarda, studentlar auditoriyalarida; yulduzlar tomon
uchuvchi kema kabinalarida; zavod tsexlarida; kolxoz dalalarida uchratamiz.
Bunday odamlar qaerda bo‘lmasin, qanday og‘ir ahvolga tushmasin, har doim ham
jasorat va haqiqiy inson go‘zalligi namunasini ko‘rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: