8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri


 “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
8-mavzu

 
2. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. 
 
Go‘zallik – estetikaning asosiy kategoriyasidir. Go‘zallik
- nafosat olamining 
mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. Shu bois 
estetikani go‘zallik haqidagi fan, go‘zallik falsafasi ham deb ataydilar. 
Estetika his-tuyg‘u
, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. e
stetik 
orzu
esa go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did
bo‘lsa, ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani 
xuniklik sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi. 
Estetik qarashlar
– go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. 


Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish ancha oson. Lekin o‘sha 
narsa nima uchun go‘zal ekanini tushuntirib berish qiyin. 
Aflotun fikricha
: go‘zallik vujudga kelmaydi va barbod bo‘lmaydi, balki u vaqt 
va makon tashqarisida amal qiladi. Go‘zallik tuyg‘usidan yuqoriroq tabiatga molik 
bo‘lgani uchun his tuyg‘u vositasida anglash mumkin bo‘ladi. 
Gegel ta’biricha:
Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-
tuyg‘u qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya’ni porlab turgan narsagina 
go‘zaldir. San’at go‘zallikning asl makonidir. Gegel simmetriya tushunchasiga 
katta e’tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan, shunday narsa 
go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa; shunday daraxt 
go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgi (olma, anjir, anor)lari to‘la va bevosita ko‘rinsa. 
Shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar 
mujassamlashgan tarzda ifodalansa.
Arastu: go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-
o‘lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi.. 
«Garmoniya» asosida go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, 
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, 
chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi. 
Go‘zallik – 
bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-
tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar 
oqimining ko‘payishiga, shodlik zavqlanish, ma’naviy qoniqish vujudga kelishga 
imkon yaratayotgan jarayondir. 
Go‘zallik 
ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u 
alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma’naviy 
foyda keltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin