8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
8-mavzu

Suqrotning
fikricha, go‘zallikning haqiqiy mohiyatini bilib bo‘lmaydi. U kishilarga 
ilohiy dunyoga yondoshgan
paytlardagina 
mistik ekstaz holatida
sal-pal ko‘rinish 
beradi. Davlat traktati asarida «san’at – yoshlar tarbiyasi uchun xavfli, u o‘zining 
«maftunkorligi» bilan zararlidir, deb yozadi.
Arastu
«Poetika», «Ritorika», «Siyosat» kabi asarlarida go‘zallik san’at, tragediya, 
katarsiz kabi estetik tushunchalarga ta’riflar beradi. Uningcha, go‘zallik – moddiy 
narsalarni o‘zida ob’ektiv ravishda mavjuddir, unda tartib, hajm, simmetriya, 
butunlik, turli-tumanlik birligi kabi belgilar bor. San’at – tabiatga taalluqlidir, u 
bilim olishda ahamiyatlidir.
San’at-go‘zallikni aks ettiradi. U oddiy nusxa ko‘chirish emas, balki hayotiy 
materialni fantaziya asosida badiiy tarzda o‘zgartirib ko‘rsatadigan ijodiy aktdir.
Tragediya 
– kishilarning axloqi pok bo‘lishiga oliyjanoblikka xizmat qiladi. San’at 
– ijtimoiy tarbiya vositasidir. 
Arastu e
stetik qarashlarida «katarsis» ta’limoti muhim o‘rin tutadi. 
Katarsis
–fojiali 
voqea-hodisalar zaminida vahima, dahshat, rahm-shafqat orqali inson ruhini 
poklantirib turilishidir.
Rimda Tit Lukretsiy Kar, Plotin 
kabi faylasuflarning estetik qarashlari e’tiborga 
molikdir. Tit Lukretsiy Kar «Narsalarning tabiati haqida» asarida, san’at – 
«Zaruriyat», tabiiy ehtiyojdan kelib chiqqan. Uning ma’rifatchilik ahamiyati katta, 
deb uqtiradi.
Plotin – diniy estetik qarashlari bilan estetika ilmi, estetik tafakkur o‘z inqiroziga 
yuz tutdi. 
O‘rta asrlarda
estetik qarashlar asosan, diniy ruhda rivojlantirildi. qur’oni Karim, 
Hadisi Sharif islom madaniyati va estetikasining manbasi – qon tomiridir. qur’oni 
Karimda «Alloh go‘zal va u go‘zallikni sevadi». Demak, islomning estetik nuqtai 
nazari go‘zallikka oshno bo‘lmoqdir.
Modomiki, Alloh go‘zal ekan, u yaratgan Odam ham, u bunyod etgan Olam ham, 
o‘z bandalariga hadya etgan nozu ne’matlar ham go‘zaldir. Shunga muvofiq 
Allohning ismi – sifatlarini vasf etuvchi so‘zlarimiz ham, musiqamiz ham, uning 
qudratini namoyon etuvchi binolarimiz, me’morchilik obidalarimiz ham, Alloh 
irodasi, nomi sifati bilan yaratilgan bu olamdagi narsalarning hammasi go‘zal 
bo‘lishi kerak. Islom san’ati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilohiy tafakkurga yo‘g‘rilgandir. 
Bu holat – she’riyatda (g‘azal), musiqada (maqom), tasviriy san’atda (naqsh), 
me’morchilikda (masjid, maqbara, minora, madrasa) tarzida yorqin ko‘zga 
tashlanadi. 
Masjid
– Alloh bilan kunma-kun muloqot qiladigan, yuzma-yuz turib 
gaplashadigan, Alloh so‘zlarini bandalariga muntazam eslatib turiladigan 
muqaddas dargoh, - Allohning uyi. Masjid – ilohiy quvvatlarni go‘zallik tarzida 


inson ruhiga ajib bir ichki tartib va intizom, sarishtalik va ta’sirchanlik bilan 
singdirib boradi.
Yahudiy ibodatxonalarida ichki ko‘rinishi va bezaklarida ilohiylikka qaratilgan 
voqeaband tasvirlar, haykallar o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, Xristian cherkovlarida 
moy bo‘yoqli tasvir manzara, haykaltaroshlik ko‘zga tashlanadi.
Demak, 
yahudiylik va xristianlik
tafakkuri tarixiylikka asoslanadi. Ularda 
muqaddas rivoyatlar tasvirlar vositasida muqaddaslashtiriladi, ular rivoyatlarga 
hamdard. Ular shaxs taqdirini – inson qismatini rivoyatlarga olib borib taqaydilar. 
Ular Allohni rivoyatlar orqali taniydilar. 
Islomda
esa musulmon kishi butun borlig‘ini Allohga bag‘ishlaydi. Musulmon 
kishi qat’iy ravishda ilohiyot qoidalariga, Alloh hukmlariga itoat etadi. Shu bois 
Alloh uyi – masjidlarda muqaddas so‘zlarga, Alloh ismi va sifatlarini ramziy 
ifodalovchi naqsh va yozuvlarga alohida urg‘u beriladi. Masjid naqshlarida bir-
biriga chirmashib ketgan bo‘rtiq manzara, «kufiy», «sulh» xati yozuvlari 
musulmon kishining Alloh taolo bilan tanho muloqotning sog‘inchli hissiyotlarni 
ifodalaydi.
Naqsh va yozuvlar – yasama manzara (dekoratsiya) binoning shunchaki bezagi 
emas, balki inson qalbiga Alloh go‘zalligini singdiruvchi, islom mazmun-
mohiyatini, musulmon kishi hayotini, turmush tarzini, estetik qadriyatlarni yorqin 
ifodalovchi timsollardir. 
Naqsh – haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish emas, go‘zallikni dildan his qilish. 
Chodra ortidagi vaziyatga insonni tayyorlash va unga kirib borish timsolidir. 
Naqshdagi gullar: gulsafsar–osoyishtalik, umri boqiylik, to‘lqinsimon gul poyasi – 
boylik va farovonlik, navda va yaproqlar – navqironlik, yasharish timsollari. Oq 
rang – baxt va omad, zangori rang – oliy e’tiqod, qizil rang – shodlik, yoshlik 
timsolidir. 
Naqsh – xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik umri uzoqlik – cheksizlikni ramziy 
ifodalovchi xilqatdir. Me’moriy binolarning naqshlari – oliy barkamollik, komillik, 
Olloh huzuriga yo‘l olish ramzlari hamdir. Naqsh timsoli hamma go‘zallikni 
yaratgan va ularni bandalariga ne’mat qilib bergan yagona va rahmli Alloh 
huzuriga borishi va uning jamoliga etishish omilidir. 
Islom estetikasi me’morchilik obidalari – masjid, madrasa, maqbara, minora va 
ularga zeb berilgan naqshlar shakli va ziynati hattotlik va kitob bezash san’ati 
nihoyatda ko‘p ma’nolidir. Me’morchilik va hattotlik san’ati muqaddas so‘zning 
botiniy va zuhuriy zuxti bo‘lib, ular islom mohiyatiga ko‘ra, ilohiy so‘zning yozma 
shakli ko‘rinishidir. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin