Qadimgi hind eposi, uning estetik va poetikasining xarakterli belgisi – hayvonlar,
qushlar, o‘simliklar, daryolar, tog‘lar, osmon hodisalarining obrazli talqin
qilinishidir. Masalan: endigina ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari - shoxli
ho‘kizlarga, bulutlar–sut beruvchi sigirlarga o‘xshatiladi. Hind poeziyasida ayolni
sigirga qiyos qilish zavqli va husunkor hodisa hisoblangan.
Tulsi Dasaning «Ramayana» dostonida xudo Ramning go‘zal rafiqasi, o‘g‘irlab
olib ketilgan malika Sita (Djanaki) haqida shunday deyiladi.
Olib ketdi janakini la’nati Rakshas zo‘ravon,
Go‘yo oppoq sigirni bo‘ysundirdi, pichoq, ila beomon.
Juda
kelishgan, tannoz xushbichim qaddi-qomatli ayolning qadam bosishi xuddi
filning yurishiga o‘xshatiladi:
Oltin tavoqni ayollar to‘ldirishib, limmo-lim,
Ketishdi kuylab, shohona fillardek tashlab qadam.
Ba’zi qadimgi hind afsonalarida it iflos va jirkanch hayvon sifatida tasvirlanadi. U
sotqinlik, xoinlik ramzi qilib ko‘rsatiladi. eshak esa ishonch va sadoqat namunasi.
Kakku qushxonishning yuksak mahorat ramzi qilib beriladi.
Xitoy
mehnat ahlining boy ma’naviy hayoti va yuksak badiiy didi haqida
eramizdan oldingi XII asrda yozilgan «Shitszin» (qo‘shiqlar) kitobi, «Itszin»
(O‘zgarishlar), «In-fu-tszin» (Zulmat garmoniyasi haqidagi kitob) asarlardan juda
ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin.
Misrda
estetik tafakkur eramizdan oldingi IV ming yillikda paydo bo‘lgan.
qadimgi Misrning badiiy asarlari, ertaklari,
qissalari, nasihatnomalari, sevgi
lirikasida o‘sha davr estetik tafakkuri ifodalangan. Eramizdan oldingi XIII asr«D
Orbini papirusi», «2 aka-uka haqida ertak» - jahonning qadimgi qissasi hisoblanib,
ular rus olimi V.Stasov tomonidan tarjima qilingan.
Yunonistonda
Pifagor, Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun,
Arastu va boshqalar
tomonidan estetika fani rivojlanishiga katta hissa qo‘shilgan. Pifagor «Musiqaviy
hamohanglik asoslarlari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi»
umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligidir, deb ta’kidlagan bo‘lsa,
Geraklit: nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqadi. Nafosat
hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama - qarshiliklar
birligini tashkil
etadi, deb ta’kidlaydi va nafosat nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit go‘zallik hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida,
tomonlar mosligi(simmetriya)da, me’yorda, deb hisoblaydi. Uningcha, san’at
insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi. U
mimesis
g‘oyasini ilgari suradi. Unga binoan san’atning mohiyati – voqelikka taqlid
qilishda namoyon bo‘ladi.
Suqrot go‘zallik
koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga
ko‘chirilgan deb hisoblaydi. Uning qarashlaridagi etakchi g‘oya go‘zallik va
ezgulik birligi, estetika va axloq, estetik tasavvurlar nisbiyligi, estetika va
manfaatli belgilar o‘rtasida yaqin aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.
Aflotun o‘zining «Diolog», «Ziyofat», «Katta Gippiy», «Davlat traktati» kabi
asarlarida estetik qarashlarini bayon qiladi. Uning ta’kidlashicha, bizni o‘rab
turgan voqelikda go‘zallik yo‘q. Go‘zallik–bu his-tuyg‘udan
tashqari turgan
mutloq g‘oyadir. Moddiy narsa esa–soxta, g‘oyaning zaif aksi, mutloq g‘oyaning
soyasidir. San’at obrazlari – bu narsalarning bo‘lmag‘ur nusxasi va shuning uchun
go‘zallik bu soyaning soyasidir.
Dostları ilə paylaş: