8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
№8-Mavzu - uz (1)

Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada 
qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat
emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida
ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga
11
Бобожонова Н. “Ёшарган” хавфли тўлқин. -Т.: Ношир, 2008. –Б.23.


olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, 
kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda. 
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin 
bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, 
mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan,
avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi. 
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 
«yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati
bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik
mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish
mo‘ljallandi. «YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul
qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni
qayta tashqil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur 
mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday 
mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan.
Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining
ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik
yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq 
mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. SHuningdek, u odatdagi mayda
xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini 
kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy
qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi 
imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi. 
O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta
yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorva mollarini etishtirishga alohida
e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib
kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish 
yo‘lga qo‘yildi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin