8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Energetika va xom ashyo resurslari



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
№8-Mavzu - uz (1)

Energetika va xom ashyo resurslari. YAna bir global muammo –insoniyatni
energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli 
ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy
ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o‘ynaydi. 
Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan tiklash mumkin 
bo‘lgan resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi vash.k.) va miqdori
mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko‘mir, 
tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bo‘linadi. 
Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning
aksariyati insoniyatga bir necha o‘n yillardan bir necha yuz yillargacha bo‘lgan
muddat bilan o‘lchanadigan yaqin kelajakda foydalanishgagina etishi hisoblab
chiqildi. SHuningdek mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab sharoitda
joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat. 
YAqindagina odamlar aksariyat foydali qazilmalarni ochiq usulda yoki 600 m dan
oshmaydigan chuqurlikda qazib olgan bo‘lsalar, bugungi kunda vaziyat sezilarli 
darajada o‘zgardi. Qulay joylardagi foydali qazilmalar tugab bormoqda va endilikda
8-10 km chuqurlikda yoki okean tubida joylashgan konlarni ishga solish vazifasi 
paydo bo‘lmoqda. Bu esa nafaqat ko‘p miqdorda kapital qo‘yilmalarni, balki ularni 
qazib chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnika va texnologiyalar yaratishni ham 
taqozo etadi. SHu sababli chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir
qatorda insoniyat ixtiyorida mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar 
sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda
mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar 
orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech
qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki
butun insoniyat oldiga «o‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, 
fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi. 
Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini
yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil
avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo 
yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon
maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi.
Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki
butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga
baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir 
individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘laolmaydi. 
Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..»
12

1940-yillarning oxirida ta’riflangan bu masala vaqt o‘tishi bilan ayniqsa muhim
ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bo‘lishi bilan «qiyomat-qoyim» xom-
xayol bo‘lmay qoldi. O‘sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko‘pchilik hali
tushunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid solayotgan sharoitda
12
П.Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С.216.


odamlar o‘zining o‘zgargan holatini anglab etishlari va insoniyat halok bo‘lishining
oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi haqida 
ogohlantirgan edi. Albatta, o‘zini o‘zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo 
bo‘lgani yo‘q. YAdro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlashuchun etarli 
miqdorda jamg‘arish uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, 
shuningdek jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar ko‘p
millionli armiyasining kuch-g‘ayrati talab etildi. Ammo birinchi yadro portlashlaridan 
so‘ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining keng davralari
anglab etishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi. 
AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ish olib borgan 
olimlar ikki jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‘lgan «yadro
qishi» konsepsiyasi paydo bo‘lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro
quroli yaratilishi, shuningdek global muammolar paydo bo‘lishi bilan u o‘zining
avvalgi «umrboqiyligi»ni yo‘qotganini uzil-kesil anglab etdi. 
Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur
konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay
yo‘q qilish uchun etarli miqdorda yadro zaryadlari to‘plangan. Ular portlatilgan
taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz
miqdorda chang, tutun va kul ko‘tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni
quyosh nurlaridan butunlay to‘sib qo‘yadi. Bu atmosfera va Er yuzasining 
temperaturasi keskin pasayishiga sabab bo‘ladi va uni muz bosishiga olib keladi.
«YAdro qishi» konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab etishga va 
sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh 
yoqasidan uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzil-kesil 
mahrum qildi. 
Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
u mohiyati va hozirgi holati «Tabiat falsafasi» mavzusida ko‘rib chiqilgan ekologiya
bilan uzviy bog‘liq. Biz fan-texnika taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf
etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik, ammo qurol-
yarog‘larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qo‘llash metodlari va
usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha
aytganda, inson o‘z hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda yo‘lga qo‘yish
imkoniyatlarini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda butun tiriklikni yo‘q qilish 
qobiliyatini ham ko‘p karra oshirdi. Jamiyatning harbiylashuvi, qurollanish poygasi
va harbiy mojarolarning salbiy oqibatlari atrof muhitning buzilish jarayonlarini
yanada jadallashtirmoqda. YAdro quroli bilan bir qatorda urush olib borishning
«geografik» vositalari ham oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlardan iborat alohida 
xavf tug‘diradi. Bu oqibatlar inson sun’iy yo‘l bilan tabiiy ofatlar, vayrongarchiliklar 
va shu kabilarga erishish maqsadida tabiiy jarayonlarga izchil ta’sir ko‘rsatishi
natijasida kelib chiqishi mumkin. Urush harakatlari olib borishning bunday
usullari, masalan muayyan hudud ustidagi ozon qatlamini ataylab vayron qilish va
shu kabilar yadro qurolining qo‘llanilishi bilan teng oqibatlarga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Bugungi kunda harbiy qarama-qarshilik ma’lum darajada susayganiga qaramay,
aksariyat mamlakatlarda mudofaa va atrof muhitni muhofaza qilish xarajatlarida 
ulkan nomutanosiblik hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Bu tafovut mudofaa foydasiga
ba’zan ellik baravar va undan ko‘proq darajaga etadi. Bu hol «uchinchi dunyo»
mamlakatlarida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Bu erga, bir tomondan, qurol-aslaha, 
boshqa tomondan esa –murakkab ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi
eskirgan asbob-uskuna va noekologik texnologiyalar tobora ko‘proq etkazib 
berilmoqda. Natijada ifloslanish va tabiatning zavol topish sur’atlari bu erda
rivojlangan mamlakatlardagidan ancha yuqoridir. 
Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari, 
intellektual resurslarni ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning to‘rtdan 


bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar urushga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi
ishlarga jalb qilingan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalari vayronkorlik
vositalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ammo olimlar insoniyat duch kelgan xavf 
darajasini birinchi bo‘lib (ularning eng ilg‘or vakillari) anglab etdilar. 
Qurollanish poygasi avj ola boshlagan 1955 yilda taniqli ingliz faylasufi B.Rassel 
tinchlik va qurolsizlanish uchun kurash tashabbusi bilan chiqdi. U A.Eynshteyn bilan 
hamkorlikda F.Jolio-Kyuri, M.Born, S.Pauell, L.Infeld va boshqa yirik olimlar 
tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mashhur Manifestni e’lon qildi. Bu Manifestda 
insoniyat unga tahdid solayotganxavf haqida ogohlantirildi, shuningdek yadro asrida 
sivilizatsiyani asrab qolish uchun «yangicha fikrlashni o‘rganish» lozimligi uqtirildi. 
B.Rassel nafaqat xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi, balki ularni echish yo‘llarini 
ham taklif qildi. Xususan, u barcha urushlarga chek qo‘yishi lozim bo‘lgan jahon 
hukumatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, BMT bunday hukumat 
negizi bo‘lishi mumkin. U shuningdek davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni tinch yo‘l 
bilan echish uchun jahon konferensiyasi chaqirishni talab qildi. 
Tinchlik, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon ilmiy
hamjamiyati bu borada o‘z kuch-g‘ayratini birlashtirish lozimligini anglab etdi va 
1957 yilda Pagoush (Kanada)da o‘z tarafdorlarining birinchi konferensiyasini
o‘tkazdi. Pagoush harakati deb nomlangan bu tashkilot tinchlik uchun kurash olib
boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. Endilikda unga hozirgi
globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yo‘lida kurash olib
borayotgan boshqa ko‘p sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim klubi,
antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qo‘shildi. Tinchlik va qurolsizlantirish,
xalqaro terrorizmga qarshibirgalikdagi kurash g‘oyasini 1993 yilda I.A.Karimov
BMTning 48sessiyasida taklif qilgan edi. O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral voqealari, 
2001 yil 11 sentyabrda AQSHning markazida ko‘p qavatli savdo uyining 
portlatishi, CHechenistondagi cheksiz terrorchilik harakati natijasidagi minglab
qurbonlar I.A. Karimovning nechog‘lik haqligini yana bir kara isbotladi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin