8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Globallashuvning serqirraligi



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
№8-Mavzu - uz (1)

Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv
jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va 
unga mos keluvchi qadriyatlarg amunosabat, madaniyat, turmush tarzining 
shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-
yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra 
tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, 
din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli 
sifatida paydo bo‘ldi. 
Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o‘zgartirdi, jahon 
xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va
muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining
muhim xususiyatlari hisoblanadi: 
a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki 
tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va 
mintaqalarga o‘tadi; 
b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi; 
v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlariningshakllanishi, ular
mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p 
jihatdan belgilashi. 
Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir 
qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi


serqirra globallashuvning o‘ziga xosxususiyatiga va muayyan darajada uning 
qonuniy mahsuliga aylandi. 
Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon vavaqt omillari
amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli
xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti 
yo‘lidagi oxirgi jiddiy to‘siq bo‘lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj 
doimo mavjud bo‘lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga 
o‘tkazish hajmlari ko‘p karra o‘sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha 
kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va
shu kabilar paydo bo‘lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. 
Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko‘ra madaniyatlararo 
muloqot tiliga aylandi. 
1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng dunyo informatsion jihatdan ham
uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi 
chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga 
keltirdi. 
Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o‘zgarishiga olib 
keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo‘lgan ikki harbiy-siyosiy blokning 
qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflanganikki qutblilik xalqaro munosabatlarning 
asosiy xususiyati sanalgan bo‘lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay 
o‘zgardi. So‘nggi yillarda milliy davlatlar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro 
munosabatlarning yangi, «noan’anaviy» sub’ektlarining faolligi va ta’siri ham ancha 
o‘sdi. Bu sub’ektlar o‘z soni, moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy ta’siriga ko‘ra ayrim 
davlatlar bilan bemalol bellasha oladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur sub’ektlari 
orasida eng muhimlari hukumatlararo tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar,
xalqaro nohukumat tashkilotlar hisoblanadi. «YAshillar», «muqobillar», 
antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi. 
Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq
sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan birqatorda axloq, xulq-atvor
me’yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o‘zgarishlarga
kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri
yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni 
ko‘paydi. 
Jahon hamjamiyati yangi ming yillik chegarasidan o‘tib, o‘z tarixiy 
rivojlanishining butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqich jahon ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarining tarqoqligi va parokandaligidan ularning 
birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o‘tish bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin