faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni shu maqsadni
ro‘yobga chiqarish uchun kerak.
SHu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi
yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro
munosabati muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani
yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi..
SHunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz faylasufi, teolog P.Teyyar de SHarden ham
ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning betakrorligini asoslashga
harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini uyg‘unlashtirish
konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik
niyatlardan voz kechishga chaqirdi
5
.
SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat
yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi
sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata
olishi mumkinligini hamanglab etdilar.
Dostları ilə paylaş: