yuksalishi mezozoy erasining yura va ayniqsa bo‘r davriga to‘g‘ri keladi. Ular
qadar keng tarqalgan. Muhim qurilish materiallari olinadigan daraxt hisoblanadi.
Janubiy Afrikada faqat bir turi (
P. macrophylla)dan manzarali o‘simlik
sifatida
foydalaniladi.
Zarnabdoshlar (
Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va
Janubiy Amerikada tarqalgan, uning faqat mevali zarnab (
T. bacata) turi Toshkentda
madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir.
Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi.
Uning balandligi 25
metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi,
har qanday
sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator,
uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida
joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan,
Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q.
Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘
qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga
o‘xshash yumshoq. Shuning uchun ham mevali zardob deb yuritiladi.
Yetilgan
urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor.
Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli
hisoblanadi. zarnab turkuminiig 10 ga yaqin turi O‘rta yer dengizi atroflarida
xususan
uning janubiy qismida Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada keng
tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: