8-Mavzu: Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish Reja



Yüklə 79,46 Kb.
səhifə3/7
tarix15.02.2023
ölçüsü79,46 Kb.
#84385
1   2   3   4   5   6   7
8-Mavzu Qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslari va ulardan samar Tursunov

EM EM EM
Bunda: YeM- foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi. Ya’ni, bir gektar ekin yekilgan yoki yaylov, pichanzor maydondan necha so‘mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YaMK- olingan yalpi mahsulot qiymati, so‘mda;
YeM- ekinlar yekilgan maydon, ga;
YaDK- olingan yalpi daromad summasi;
SF- olingan sof foyda summasi.

  1. Suvdan foydalanish samaradorligi. Bu ko‘rsatkich yordamida har bir metr kub suv yevaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymat, daromad va sof foyda summasi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi:

CT7__ YaX YaMa YaDK SF SFS : : :
FSM FSM FSM FSM
Bunda: SFS-suvdan foydalanish samaradorligi;
FSM-foydalanilgan suv miqdori. Bu natura hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Bunda 1 m3 suvdan foydalanish natijasida qancha miqdorda paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlar etishtirilganligi hamda necha so‘mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad, sof foyda olinganligi aniqlanadi.

  1. Sug‘orish sistemasi (tizimi)dan foydalanish koyeffisiyenti. Uning darajasini aniqlash uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug‘orish maqsadida berilgan suv miqdorini shu tizim boshida olingan suv miqdoriga taqsimlash zarur. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:

STFK= STT0EB ;
STTB0S
Bunda: STFK - sug‘orish sistemasi (tizim)dan foydalanish koyeffisiyenti;
STOYeBS - sug‘orish tizimining oxirida ekinlarga berilgan suv miqdori;
STBOSM - sug‘orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu ko‘rsatkich darajasi yoki koyeffisiyenti 1 ga intilishi kerak. Chunki sug‘orish sistemasining boshida olingan suv ekin maydonlariga to‘liq yetkazilishi lozim. Agar uning darajasi past bo‘lsa, demak, suvning ma’lum miqdori tizim davomida yoki parlangan yoki tuproqqa sizib ketgan yoki oqib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich sistemaning holatini ham isbotlaydi.



  1. Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligi, uni oshirish yo‘llari.

Yer-suv - umummilliy boylikdir. O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida ulardan oqilona hamda samarali foydalanish zarurligi «Yer kodeksi» da, «Suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda alohida ta’kidlangan. Respublika hududidagi barcha korxonalar, fuqarolar bu qonuniy talabni bajarishlari shart. Shuning uchun ular tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga, suvni iflos qilmaslikka, shuning negizidan ulardan talab darajasida samarali foydalanishga katta e’tibor berishlari lozim. Shu ma’suliyatni his etgan holda qishloq xo‘jalik korxonalari uni ijobiy hal etishga, foydalanish mumkin bo‘lgan maydonlardan to‘liq va samarali foydalanishga intilmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining suv resurslariga bo‘lgan talabi oxirgi yillarda

  1. mlrd. m3 ni tashkil etmoqda. Lekin suv manbalarida suv kamligi sababli tarmoqqa 42 mlrd. m3 sarflanmoqda. Natijada tarmoqning suv bilan ta’minlanganlik darajasi 85 foizdan oshmayotir. Bunday hol, albatta, yerdan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shunday holat mavjudligiga qaramay, respublikada bir qancha xo‘jaliklar g‘alla, paxta yekilgan maydonlardan yuqori hosil olib, yerdan samarali foydalanmoqdalar. Buning uchun ular ekin yekiladigan yerlarni vaqtida, sifatli haydab, sara urug‘larni yangi texnologiyalar asosida yekib, parvarishga aloqador boshqa tadbirlarni e’tibor bilan o‘tqazmoqdalar. Ekinlarga agrotexnik muddatlarda suv, o‘g‘it bermoqdalar. etishtirilgan hosilni ham qisqa muddatda sifatli qilib yig‘ishtirib olmoqdalar. Bu jarayonda xo‘jalik rahbarlari, mutaxassislari barcha imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanmoqdalar.
Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining oshishi yerdan foydalanish samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi.
Paxtachilikda suvdan foydalanishning samaradorligi ham ortmoqda. Lekin erishilgan natijalar o‘sib borayotgan talab darajasida emas. Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish lozim. Dastavval qishloq xo‘jalik yerlarini undan foydalanuvchilar ixtiyoriga uzoq muddatga foydalanish uchun berish masalasini to‘liq hal etish zarur. Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlarini tanlov asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jalik yili boshlanishidan oldin, ya’ni yanvar, fevral, mart oylarida hamda kuzgi ekinlarni yekishdan oldin, ya’ni iyun, iyul, avgust oylarida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga berishni yo‘lga qo‘yish lozim. Hozirgi davrda bu masala to‘liq yechilmagan.
Shirkat xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik ekinlari yekiladigan yerlarni pudratchilarga bir yilga emas, balki kamida almashlab yekishni joriy etish muddatiga foydalanish uchun ijaraga berish maqsadga muvofiqdir. Bu yerdan foydalanuvchi ijara pudratida ishlaydigan fuqarolarda to‘liq ishonchni shakllantiradi. So‘zsiz, bu hol, yerdan foydalanishga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarishini ta’minlaydi.
Shular bilan birgalikda iqtisodiy unumdorligini oshirish maqsadida yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarni kompleks amalga oshirishni rivojlantirish juda muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni yechishda davlat bosh ijrochi bo‘lishi lozim. Hozirgi vaqtda bu tadbirlar 27-30 ming ga da amalga oshirilmoqda. Bu, so‘zsiz, kamdir. Agarda bu muhim tadbir qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘liq yuklansa, bajarilmasligi muqarrar. Chunki ularning texnik, iqtisodiy quvvati etmaydi. Davlatning esa texnik, iqtisodiy imkoniyati ulkan. Xo‘jaliklar yerlarining meliorativ holatini yaxshilashda irrigasiya va meliorasiya davlat hissadorlik tashkilotlari xizmat qilib, ulardan o‘z haqlarini olishni ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish lozim.
Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun yer-suv munosabatlarini takomillashtirish, chuqurlashtirish, ya’ni liberallashtirish masalalarini hal etishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yer va suvning baholarini va ulardan foydalaganlik uchun to‘lanadigan haqlarni, soliqlar miqdorini realroq aniqlash lozim. Bunda bozor iqtisodi qonunlari talablariga asoslanish, shuningdek, yer va suv resurslarining cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi, holati, sifati, iste’molchilarga uzoq-yaqinligi, ishlab chiqarish vositalari hamda infratuzilmalar bilan ta’minlanganligi, olinayotgan mahsulot, foyda summasi kabi indikatorlarni ham e’tiborga olish zarur.
Yerlardan, suvlardan to‘liq va samarali foydalanish uchun:

  • yer-suv islohotlarini qonunlar asosida yaxshi o‘tkazish, ularni foydalanuvchilarga berish, sotish;

  • zaxlanib, sho‘rlangan yerlarda irrigasiya va meliorasiya tadbirlarini vaqtida sifatli amalga oshirish;

  • yangi, samarali texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;

  • ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab yekishni tiklash;

  • ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish;

  • seleksiya, urug‘chilikni, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish;

  • ishchi va xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;

  • yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasida suvga bo‘lgan talabni qondirish muammolarini yechish barchaning zimmasidagi vazifadir. Qishloq xo‘jalik korxonasini suv bilan ta’minlashda suv ob‘yektlaridan tyejamli foydalanish, suvni me’ yorlar bo‘yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solish zarurdir. Suv bilan ta’minlash va sug‘orish ishlarini magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob‘yektlari bajaradi. Suvlardan foydalanish ishlari ichki xo‘jalik va suv tizimi rejalariga asosan amalga oshiriladi.
Suvdan mahsus foydalanish ruxsatnomasi bo‘lganlarga suv limit bo‘yicha beriladi. Suvdan foydalanish tartibi suv xo‘jaligi organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Vazirlar mahkamasi esa suv uchun haq to‘lash, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, nazorat qilishni amalga oshiradi. Suv olish va uning hisob-kitobini yuritish suv xo‘jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar sug‘orishni ichki suv yo‘llari, dryenaj, suv chiqarish quduqlari yordamida amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi PF-3226-sonli Farmoniga asosan respublikada fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq respublika qishloq va suv xo‘jaligida o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290- sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv xo‘jaligida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma‘muriy-hududiy boshqarishdan havzaviy boshqarish printsipiga o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari printsiplariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Respublikada suv xo‘jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uchyo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Yüklə 79,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin