tashkilotlari
tomonidan
olib
boriladigan
pudrat
ishlarini
moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib buyurtmachilarning mablag‘lari
hisoblanadi. Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda boshlanishi, olib
borilishi va tugatilishi bevosita buyurtmachilar tomonidan shartnoma shartlarida
ko‘zda tutilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishiga bog‘liq. Shuningdek,
bajarilgan ishlar uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi qurilish
tashkilotlarining moliyaviy holatiga, chunonchi, ularning o‘z majburiyatlari
bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ham
qurilish tashkilotlarida buyurtmachilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar ustidan
doimiy nazoratni olib borish, ularni o‘z vaqtida amalga oshishini ta’minlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish tashkilotlari bajariladigan va haqiqatda bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘z
buyurtmachilari bilan uchta turdagi hisob-kitoblarni olib borishlari mumkin. Bular:
(1) bo‘nak sifatida olingan pul mablag‘lari bo‘yicha hisoblashishlar;
(2) qurilish ishlari uchun olingan materiallar bo‘yicha hisoblashishlar;
(3) bajarilgan ishlar uchun yakuniy hisoblashishlar.
Qurilish ishlarining boshlanishi oldidan buyurtmachilar shartnomada
belgilangan shartlarga ko‘ra qurilish ishlari loyiha-smeta qiymatining kamida 15
foiz miqdorini pudratchi tashkilot schyotiga oldindan to‘lov, ya’ni bo‘nak sifatida
o‘tkazib berishlari lozim. Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilar bilan olingan
bo‘naklar bo‘yicha hisoblashishlar 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo‘naklar»
schyotida
hisobga
olinadi.
Qurilish
tashkiloti
schyotiga
buyurtmachilardan kelib tushgan bo‘nak summasi buxgalteriya hisobida
quyidagicha aks ettiriladi: