8-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi
3. Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi hisoblashishlarning hisobi Qurilish ishlari ikki tomonlamali hamda ko‘p tomonlamali (uch va undan ko‘p
tomonlar ishtirokidagi) shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Ikki
tomonlamali shartnomada, odatda, pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Ko‘p
tomonlamali shartnomalarda esa bosh pudratchi, subpudratchilar va buyurtmachi
ishtirok etadi.
Ikkinchi turdagi shartnoma shartlariga ko‘ra pudratchi qurilish ishlarining
alohida tarkibiy qismlarini subpudratchilarni jalb qilish yo‘li bilan bajarish
huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda subpudratchini jalb etgan pudratchi
tashkilot bosh pudratchi hisoblanadi. Bosh pudratchi qurilish ishlari uchun
buyurtmachi oldida yaxlit tarzda mas’ul va javobgar hisoblanadi. Buyurtmachi
shartnoma shartiga ko‘ra o‘z talablarini faqat bosh pudratchiga qo‘yadi. Bosh
pudratchi, o‘z navbatida, tuzilgan subpudrat shartnomalariga ko‘ra talablarini
subpudratchilar oldiga qo‘yadi. Alohida ishlarni bajarish bo‘yicha subpudratchilar
buyurtmachining o‘zi tomonidan tanlangan hollarda, odatda, bosh pudratchi
subpudratchilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun buyurtmachi oldida javobgar
hisoblanmaydi.
Ko‘p tomonlamali shartnomalarda mos ravishda bosh pudratchi va
subpudratchilarning buyurtmachi bilan hisob-kitoblari ham turlicha belgilanishi
hamda amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, buyurtmachi bosh pudratchi va
subpudratchilar bilan hisob-kitoblarni alohida-alohida amalga oshirishi yoki
subpudratchilar bilan bo‘ladigan barcha hisob-kitoblar faqat bosh pudratchi orqali
bajarilishi mumkin.
Bosh pudratchining subpudratchilar bilan hisob-kitoblari ularning yaxlit bir
tizimga kirish yoki kirmasligiga ham bog‘liq. Yaxlit bir tizimni tashkil qiluvchi
bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar o‘rtasida bajarib berilgan ishlar
bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar bosh pudratchida 6100 «Ajratilgan bo‘linmalar,
sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar» tizimida
ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Bir tizimni tashkil etmaydigan
bosh pudratchi hamda subpudratchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-
kitoblarning hisobi bosh pudratchi tashkilotda 6010 «Ta’minotchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida olib boriladi.
Bosh pudratchi subpudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlarni
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» asosida qabul qilib oladi. Ushbu hujjatlar asosida subpudratchi tashkilot
tomonidan bajarilgan ishlar bosh pudratchida quyidagi yozuvlar bilan
tugallanmagan qurilish tannarxiga kiritiladi: