Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»,
6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar»
Subpudratchiga bajarilgan ish uchun to‘lovning o‘tkazib berilishi bosh
pudratchida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»,
6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Bosh pudratchida subpudratchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning analitik
kitobi 6-s jurnal-orderda ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi.
TAYANCH IBORALAR Daromad Qurilish ishlaridan daromad Ishni qabul qilish Bajarilgan ishning qiymati Daromadni tan olish usullari To‘liq tugallanish usuli Tugallanish foizi usuli Bosqichli usul Daromad hisobi O‘zaro hisob-kitoblar Buyurtmachi bilan hisob-kitoblar Olingan bo‘naklar Yakuniy hisob-kitoblar Barter operatsiyalari Subpudratchi bilan hisob-kitoblar Ichki hisob-kitoblar Olinadigan schyotlar hisobi To‘lanadigan schyotlar hisobi O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL – JAVOBLARI 1.Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlar kiradi: a) asosiy faoliyatdan olingan daromadlarga;
b)asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarga;
v) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga;
g) investitsiya faoliyatidan olingan daromadlarga.
2.Qurilish tashkilotlarida bajarilgan qurilish ishlaridan daromadlar hisobi: a) 9010 schyotda yuritiladi;
b)9020 schyotda yuritiladi;
v) 9030 schyotda yuritiladi;
g) 9910 schyotda yuritiladi.