8-Mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi Reja


Debet 5110 «Hisob-kitob schyoti» Kredit



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#174938
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Debet 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»
Olingan bo‘naklar buyurtmachilar tomonidan haqiqatda bajarilgan ishlar
uchun yakuniy hisob-kitoblar qilinishida kamaytirishga olib boriladi. Unga
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»
Kredit 4010 «Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Qurilish ishlarini bajarish buyurtmachilarning materiallari asosida amalga
oshirilishi mumkin. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga ko‘ra
buyurtmachilarning pudratchilarga qurilish ishlari uchun bergan materiallari
buyurtmachilar uchun boshqa aktivlarni sotish sifatida (Debet 4010 Kredit 9220,
6410), pudratchi tashkilotlar uchun esa sotib olish operatsiyasi sifatida (Debet
1050, 4410 Kredit 6010) tan olinadi. Bunday holatlarda qurilish tashkilotlarida
buyurtmachilardan olingan materiallar uchun kreditorlik qarzlarini bajargan ishlari
uchun vujudga kelgan debitorlik qarzlari bilan qoplashlari ta’qiqlanadi. Ushbu
mazmundagi barter operatsiyalariga faqatgina inqirozga uchragan hollarda sud
qarori asosida o‘zaro qarzlarni qoplash maqsadida ruxsat etilishi mumkin. Sud
qaroriga asosan pudratchilar va buyurtmachilar o‘rtasidagi o‘zaro qoplangan
qarzlar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
Kredit 4010 «Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Qurilish tashkilotlarining buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarining analitik
hisobiga doir ma’lumotlar turli registrlarda o‘z aksini topadi. Chunonchi,
buyurtmachilar bilan yakuniy hisob-kitoblar to‘g‘risidagi barcha tahliliy
ma’lumotlar 5-s va 16-s qaydnomalarida, olingan bo‘naklar 8-s jurnal-order va 2-
qaydnomada, olingan materiallar bo‘yicha hisob-kitoblar 6-s jurnal-order va 10-s
qaydnomada keltiriladi.


Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin