8-mavzu. YaSsi va barabanli sim g‘alvirlar reja



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə1/16
tarix28.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#168482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

8-MAVZU. YaSSI VA BARABANLI SIM G‘ALVIRLAR


Reja:

  1. Kolosnikli sim g‘alvirlar.

  2. Valikli sim g‘alvirlar.

  3. Yassi tebranuvchi sim g‘alvirlar.

  4. Tebranuvchi sim g‘alvirlar.

  5. Tebranuvchi sim g‘alvirlarning ishlab chiqarish samaradorligini hisoblash.

  6. Barabanli sim g‘alvirlarning konstruksiyasi.

  7. Barabanli sim g‘alvirlarni hisoblash asoslari.



Tayanch iboralari:
maydalash jarayoni, sindirish va kukunlash, maydalagichlar, ishqalanish, oxak tosh, qorishma, sement, oxak, sopol, temir-beton



    1. Kolosnikli sim g‘alvirlar



Kolosnikli sim g‘alvirlar qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchanga bo‘linadi. Qo‘zg‘almas kolosnikli sim g‘alvir alohida parallel o‘rnatilgan kolosniklardan tashkil topgan yoki sim g‘alvirda elash uchun uni 30–500 burchak ostida egilgan holda o‘rnatiladi yoki materialning alohida yirik bo‘laklarini ushlab qoluvchi g‘alvir vazifasini bajaradi.
Qo‘zg‘aluvchan kolosnikli sim g‘alvir–ta’minlagich tebranuvchi kolosniklari bilan (1–rasm) tortish kuchiga (3), (4) osilgan ikkita alohida kolosnikli tizimdan (1), (2) tashkil topgan. Kolosniklar harakati bir– biriga 1800 burchak ostida uzatmali valda (7) yotqizilgan markazi siljigandan (5), (6) oladi. Shunday qilib, har bir kolosnikli tizimdan ilgarilanma–qaytish harakati sodir bo‘ladi, bu esa sim g‘alvirda elashni ta’minlaydi.
Kolosnikli sim g‘alvir material harakati yo‘nalishi bo‘yicha 15–200 burchak ostida egilgan holda o‘rnatiladi.
Kolosnikli sim g‘alvirlar 25 dan 300 t/s gacha ishlab chiqarish samaradorligi bilan 2 dan 100 mm gacha o‘zaro mos kolosniklari o‘rtasidagi tirqishlari enida tayyorlanadi. Talab etiladigan quvvat 300 t/s ishlab chiqarish samaradorligida 18 kvt ni tashkil etali.
Qurilish materiallari sanoatida kolosnikli sim g‘alvirlar– ta’minlagichlar asosan sement zavodlarida qo‘llaniladi, ular bir vaqtning o‘zida sim g‘alvirlar va yirik jag‘li maydalagichlar uchun ta’minlagich vazifasini bajaradi.





Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin