5–rasm. Inersiyali tebranadigan sim g‘alvir chizmasi.
-
U koush (1), kanatlar (2), ponasimon
qisqich (3), beton plita (4), dempfer vazifasini bajaruvchi bosimli havo rezina kamerali g‘ildirak (5) dan tashkil topgan.
Muvozanatli moment Mm ning umumiy
kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Mm = Gα , n·m (30)
bu yerda: G – tebranadigan massaning og‘irlik kuchi, n; α– tebranish amplitudasi, m.
Har ikki muvozanatni yaratadigan umumiy tug‘yonlashtiruvchi kuch R, quyidagiga teng bo‘ladi:
R = mω2a = m4π2n2a ,n (31)
bu yerda: m – tebranadigan qismlar massasi va kelib qo‘shiladigan material massasi, kg;
ω– burchak tezligi, rad/sek;
n – muvozanatli valning aylanish soni, ayl/sek.
Elektrodvigatel quvvati rolikli podshipniklarga ishqalanish qarshiligini yengib chiqadigan energiya sarflanishi hisobi bilan aniqlanadi.
Ishqalanish ishi A quyidagi formula bilan aniqlanadi:
A = f P π d , dj (32)
bu yerda: f – rolikli podshipniklar uchun keltirilgan ishqalanish koeffitsienti;
|
|
d – valning sapfalari (o‘q yoki valning podshipnikda aylanuvchi qismi, bo‘yni) diametri, m.
Talab etiladigan quvvat quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = An / η . vt (33)
Elektromagnitli tebranuvchi sim g‘alvirlar
Elektromagnitli tebranuvchi sim g‘alvir (9–rasm, a chizmasi) ramalar (1) ga mahkamlangan elak (2) va tebratgich (3) dan tashkil topgan.
9–rasm. Elektromagnitli tebranuvchi sim g‘alvir chizmasi.
Elakning yuqori qismida sim g‘alvirni uzluksiz va teng me’yorda ta’minlanishini ta’minlovchi shnekli ta’minlagich (4) o‘rnatilgan. Elakni tebranish harakatiga keltiruvchi elektromagnitli tebratkich o‘zgaruvchan tokda ishlaydi. Elektromagnit g‘altak (1) orqali (9–rasm, b chizmasi) tokni o‘tkazishida tortish (3) kuchi (mexanizmning tortish quvvatini bir qismidan ikkinchisiga uzatib berib turuvchi uzun o‘q) bilan bog‘langan langarni (2) tortadi. Tortish kuchining pastki qismi uzun taxtacha (planka) bilan biriktirilgan, ular orasidagi elak qisilgan. Tok qo‘shilishida elektromagnit o‘ziga elak va tortish kuchi bilan langarni tortadi. Langarni yuqori harakatida u sindiruvchi (4) zarbiga uchraydi. Bu keskin turtinishni chaqiradi, g‘altak (o‘rama)ga berilayotgan tok to‘xtaydi va langar prujina bilan pastga siqiladi. Shunday qilib, tebranish faqat elakga beriladi, rama esa qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi. Maxovik (vazmin (yaxlit) g‘ildirak) yordamida (5) sindiruvchi va langar o‘rtasidagi tirqish hamda elakning tebranish kattaliklari boshqariladi. Maxovikning aylanishida tortiladigan (6) yoki bo‘shatiladigan prujinalar (7) sindiruvchi va langar o‘rtasidagi tirqishni o‘zgartiradi.
Elektromagnitli tebranuvchi sim g‘alvirlarning afzalligi – ishqalanuvchi qismlari bilan mexanik uzatmaning yo‘qligi.
Elektromagnitli tebranuvchi sim g‘alvirlarning kamchiliklari:
– maxsus generatorni o‘rnatish zarurligi;
– elakning notekis va nisbatan tez yeyilishi;
– tebranish amplitudasining bir xil bo‘lmaganligi – o‘rta qismida katta va chekkalari bo‘yicha kichik, bu esa elakning bir xil bo‘lmagan ishini yaratadi.
10–rasm. Pnevmatik ikki
bo‘shliqli tayanchli sim g‘alvir.
|
Hozirgi vaqtda har xil tipdagi tebranuvchi sim g‘alvirlar uchun pnevmatik (bosimli havo texnikasi) tayanch (tirgovich)lar qo‘llanilmoqda. Mahalliy va xorijiy amaliyotda pnevmatik tayanchlarning tarqalishi prujinali bilan taqqoslanganda bir qator afzalliklarga ega:
|
– yaxshi elastikligi (dempferli qobiliyati bilan birga qo‘shilishi);
– universalligi;
– ixchamliligi;
– ishlashida tovushsiz va ko‘pga chidamliligi;
– zanglamasligi (korroziyaga bardoshliligi).
Konstruksiyalarni qo‘llab turishga berilayotgan maksimal dinamik yuklanish, prujina ishlatilishida taxminan 15–20% kichik, sim g‘alvirni 2–3 marta qo‘shilishi va to‘xtashida uning ta’sirining davomliligi (chastotalar rezonansli (tebranishlar chastotasi mos kelgan jismlardan birining boshqasi ta’sirida tebranma harakatga kelishi yoki tebranish amplitudasining keskin kuchayishi) maydonda) qisqadir.
Pnevmatik tayanch xususiyatining alohida e’tiborga loyiqligi shundaki, u ichki bosimdan bog‘liqlikda o‘zining mustahkamligini almashtiradi, bu esa har xil o‘lchamli sim g‘alvirlarda bitta tip pnevmatik ballonlarni qo‘llashga imkon beradi.
Pnevmatik ballonlar yuklarni sarflashdan deformatsiyalanishi bog‘liqligida egri chiziqli tavsilotga ega.
Hozirgi vaqtda sanoatda ikki bo‘shliqli pnevmatik ballonlar ishlab chiqariladi. Agar ushbu ballonlarni bir bo‘shlig‘ini (10–rasm) bosib ketib siqib qo‘yilsa, ular bir bo‘shliqli sifatida ishlatilishi mumkin, ko‘rsatkichlari esa ikki bo‘shliqli ballonlardan yaxshiroq bo‘ladi.
Bir bo‘shliqli ballonlarning bosimi 4 ati dan oshmaydi. Taxminan har 1000 s dan so‘ng, pnevmoballonlar tortiladi.
Dostları ilə paylaş: |