2–rasm. Markazi siljigan (ekssentrik) valni yig‘ilgandagi chizmasi.
-
m1ω2r = m2ω2R , n
|
|
m1r = m2R ,
|
(1)
|
bu yerda: m1 – material va tebranadigan qismlar massasi, kg;
m2 – og‘irlikga qarshilik massasi, kg;
r – valning markazi siljishi, m;
R – og‘irlikga qarshiligi markaziy og‘irligidan aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofasi, m.
Maxoviklarda og‘irlikga qarshilik uskunasini rostlash, elaklar almashtirilishi, shuningdek yuklanadigan materiallarning sonini o‘zgartirilishida pog‘onasiz bo‘lishi ko‘zda tutilishi zarur.
Og‘irlikga qarshiliklar (1) maxovik ariqchalarida (2) o‘rnatilgan (3– rasm). Og‘irlikga qarshilikning ichki tomoni tishli bo‘ladi, ularning tishlashishida esa konus shaklidagi tishli g‘ildirak (3) kirishishadi. Tishli g‘ildirakning aylanishida og‘irlikga qarshiliklar ko‘rsatilgan strelka bo‘yicha har xil tomonga tarqalishadi yoki teskarisi yaqinlashadi, buning oqibatida og‘irlikga qarshiliklar yaratadigan markazdan qochma kuch inersiyasi kattaligi o‘zgaradi.
3–rasm. Og‘irlikga qarshilik uskunasini rostlash mexanizmi chizmasi.
Inersiyali tebranadigan sim g‘alvirlar
Inersiyali tebranadigan sim g‘alvirlar ellipsli traektoriya bo‘ylab
tebranishli yoki tebranishlari yo‘naltirilganligi bo‘yicha bo‘ladi.
Ellipsli traektoriya bo‘ylab tebranadigan savat uchun inersiyali tebranadigan sim g‘alvir
Ellipsli traektoriya bo‘ylab tebranadigan savat uchun inersiyali tebranadigan sim g‘alvir bo‘laklar yirikligi 100 mm gacha ruda bo‘lmagan (noruda) materiallarni sim g‘alvirda elash uchun mo‘ljallangan (5–rasm). Sim g‘alvir prujinali ilgakga (1) osib qo‘yiladi va 8–250 burchak ostida o‘rnatilishi mumkin. Ikki qavatli sim g‘alvir savatdan (2) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga muvozanatlash val (3) joylashtirilgan va ikki rolikli podshipniklarga (4) o‘rnatilgan. Valning har ikki tomoni uchun shponka (mashina, mexanizm va sh k. qurilmalarning qismlarini bir-biriga mustahkamlaydigan detal)da shkiv (uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g‘ildirak)lar (5) muvozanatlash (6) uchun mahkamlangan va ushbu uskunani pog‘onasiz boshqarish mumkin. Muvozanatlashgan val truba (7) orqali kiradigan changlardan himoyalangan. Savatga (2) ikki qavatli elak o‘rnatiladi, uni yog‘ochli ponalar (8) yordamida tortib mahkamlash orqali amalga oshiriladi.
Alohida konstruksiyalarga rezinali dempfer (tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob, qurilma) bilan prujinali ilmoq ishlatilishi amalga oshiriladi (6–rasm).
Dostları ilə paylaş: |