tadqiqotchilik kompetensiyasi. O‘zining kasbiy
faoliyatidan qoniqmaslik va shu asnoda uni yangilash, takomillashtirishni
bilishi, ta’lim jarayonlari qatnashchilari bilan barcha tashkiliy ishlarning
mazmun-mohiyati va metodlari borasida o‘zaro hamkorlik qilishi, o‘quv-
dasturiy hujjatlarni tayyorlash asoslarini bilishi va ulardan ta’lim
mazmundorligini
ro‘yobga chiqarishda foydalanishi, bolalar va
o‘smirlarning ijtimoiy jihatdan moslasha olmayotganligini bilishi va bunday
holatlarning oldini olishi, psixologik-pedagogik tadqiqotlar loyihasini ishlab
chiqishni bilishi kabilardan iborat.
Kasbiy pedagogik kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish eng
murakkab pedagogik muammo, eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlar
ekanmiz, bu borada aniq ishlab chiqilgan o‘lchovlar yo‘qligini ham tan
olishimiz lozim. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi
pedagogning mahoratida ko‘zga tashlanadi. Biz yuqorida keltirgan
o‘qituvchining kompetensiya modelini uning kasbiy tayyorgarligi modeli
desak xato qilmaymiz. Kasbiy kompetensiyaning eng muhim qirralaridan
biri o‘qituvchi-pedagogning nazariy tayyorgarligi masalasidir.
Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning
o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan
shaxsning maxsus qobiliyati (qo‘mq)dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida
tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq)dan va pedagogning amaliy faoliyatida
o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli
tadqiqotlar tasdiqlagan.
Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada
murakkab va ko‘p qirrali. Uni I.P.Podlasiy quyidagicha tasavvur etish
mumkinligini ko‘rsatadi.
Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori
darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida
mujassamlashtiradi.
Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda
mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega
bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh
suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud.