16.Xorazmshoh va Qushluxon o'ryasidagi munosabatlar Xorazmshohning korgan choralari, ulkan lashkari va takomnllashgan jazo choralarining mavjudligiga qaramay, davlatning qudrati xayoliy bir narsa bolib qolgan edi, oz davlatining ichki muammolarini hal qilishda esa Alouddin Muhammad ozining butunlay layoqatsizligini korsatdi.Gorxonning boysungani va uning xazinasini Qushluxon tortib olganini eshitib,Xorazmshoh Qushluxonga maktub yollab, uning gorxonga nisbatan qilgan harakatlarini keskin qoraladi, chunki, gorxon, uning aytishicha, yengilib, poymol etilgan va har qanday bosqinjiga olja bolib qolgan edi. Bir paytlar gorxon oz qizi Tugaya xotunni Xorazmshohga xotinlikka bermoqchi bolganligini eslab, endi Alouddin Muhammad Qushluxondan gorxon bilan uning qizini va butun qimmatbaho narsalarini uning oldiga yuborilishini talab qiladi. “Aks holda, - deb yozdi Xorazmshoh, - men sening boshingga shunday bir narsani keltirayki, bundan seni na qiliching tigi va na ahvolingni barqarorligi qutqarolsin”.Qushluxon Xorazmshohga itoatkorona va ozini past olib javob berdi: va unga qimmatbaho hadyalar yubordi, lekin gorxonni berishdan bosh tortdi, chunki, gorxonning ozi Xorazmshohning qasosidan va qoraxitoylar yerlarini bosib olishidan qorqib, bu haqda faqirlarcha soragan edi.610/1213)-yili gorxon Julhu oladi, shunda qoraxitoylar Qushluxonni tanazzulga uchragan davlatni qutqara oladigan birgina odam deb bildilar va uning gorxon bola olish huquqini tan oldilar. Shundan song Qushluxon ozini Xorazmshohga nisbatan ancha mustaqil tuta boshladi, Xorazmshohning 1217-yili Bagdodga muvaffaqiyatsiz yurishidan keyin esa Xorazmshohning qoraxitoylardan bosib olgan yerlarini qaytarib berishini talab qildi, aks holda bu yerlarni zorlik bilan olib qoyajagini bildirdi. Qushluxon hatto oldiga sulton nomidan talablar bilan kelgan Xorazm elchisi amir Muhammad ibn Qora Qosim Nasaviyni asir qilib, zanjirga solib qoydi.Xorazmshoh Qushluxonga qarshi bir necha askar guruhlarini yubordi, ular qoraxitoylarning yerlariga hujum qildilar. Bundan Qushluxon Xorazmshohga keskin ohangda maktub yuborishga majbur boldi. Maktubda aytilgan ediki, bunday ishlarni hokimlar emas, balki bosqinchi va qaroqchilar qiladi va agar sen haqiqatan ham aytganingdek, sulton bolsang, ozing yurishga chiqishing kerak va agar sen meni yengsang, shunda mening qol ostimdagi yerlarning hokimi bolasan.Qushluxonning ahvoli bu paytga kelib mustahkamlanib qoldi va u qoraxitoylarning mulkiga tutash yerlarni qolga ola boshladi. Qushluxon oz xotini, gorxon qizining tasiri ostida nasroniylik dinidan qaytib, butparast boldi va tez orada oziga qaram yerlarda nasroniy va musulmonlarni quvgin ostiga olib, ularni buddaviylikni qabul etishga zorlay boshladi. Ayniqsa, Qoshgar va Xotan musulmonlari katta musibat kordilar, u yerlarda Qushluxonning buyrugiga kora, Qurondagi farz bolgan namoz va azon, musulmoncha liboslar man etildi, barcha madrasalar yopildi. Musulmonlarni qoraxitoycha kiyim va qalpoq kiyishga majbur etishardi. Shundan song Qushluxon oz yerlarida islom diniga yana bir zarba bermoqchi boldi va musulmon dinining asoslarini yakson qilish maqsadida barcha ulamolarni toplashni buyurdi. Imom, faqih va darveshlardan uch mingdan ortiqi toplangan edi, ularga islom dinining haq ekanligini isbotlash vazifasi qoyildi. Avvaliga hech kim Qushluxonga etiroz bildirishga botina olmadi. Shunda atoqli imom, shayx Alouddin Muhammad al-Хo‘taniy turib, Qushluxonning oldiga keldi va uning dalolatlarini dadillik bilan rad etdi. Ish janjalga aylanayotgan edi. La’nati Qushluxon payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haqorat etishga jur’at etganda, shayx chidab turolmadida xitob bilan: Ogzingga tezak, ey Allohning, dushmani, malun Qushluxon! dedi.Qushluxonning buyrugi bilan shayx Alovuddin tutib yechintirildi va zindonga tashlandi, u zindonda bir necha kun ovqatsaz va suvsiz qoldi. Qushluxon shayxdan tavba sozlarini eshitolmagach, uning ozi Хo‘tanda qurgan madrasasining darvozasiga mixlashni buyurdi.Shu voqealar davomida Xorazmshoh Alouddin Muhammadning mavqei ajablanarli edi. U eng buyuk musulmon davlatining boshlig‘i bo‘laturib va xalifa an-Nosir bilan kurash olib borayotib, xuddi ko‘zining oldida jabr ko‘rayotgan musulmonlarga yordam berish uchun biror chora ko‘rmadi. Yana shunisi ajablanarliki, butparast Qushluxon tomonidan ezilayotgan Qoshg‘ar va Хo‘tan musulmonlarining himoyachisi sifatida sharqdan Chingizxon boshchiligidagi butparast mogullar kelgan edi.Chingizxon 1217-yil oxirida Xitoyga yurishini yakunlaganidan song yana naymanlarni qira boshladi. Chingizxon askarlari garbga yurishini davom ettirib, qarluqlar va uygurlarni boysundirdi va Qushluxon tasarrufidagi yerlarga yaqinlashib keldi. Qushluxonga qarshi mogullarning qoshini Jeba noyon boshchiligida harakat qilayotgan edi. Musulmonlarning Qushluxon tomonidan taqib qilinayotganidan ustalik bilan foydalandi va Chingizxonni musulmonlarning ittifoqdoshi va xaloskori qilib korsatdi.Mogul askarlarining Qushluxonga qaram yerlarga kirib borishi bilan hech kim diniga kora taqib etilmasligini va aholiga hech qanday zarar yetkazilmasligini elon qilib, Jeba noyon bu sozlarini amalda askarlari orasida temirdek mustahkam intizom ornatish bilan isbotladi. Natijada Qoshgar va Хo‘tanning aholisi mo‘g‘ullarni o‘zlarining haloskorlaridek kutib oldilar va bir vaqtning o‘zida hamma yerlarda zolim Qushluxonga qarshi qo‘zg‘oldilar. Qushluxon Qoshg‘arda mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bo‘lsa ham, bu uning qo‘lidan kelmadi. Mogullar tomonidan quvgin qilinib, Badaxshon chegaralarigacha qochib bordi va Darayi Derozi jarligiga bekinmoqchi boldi, lekin Sarig Chopon degan joyda mahalliy choponlar uni tutib olib, mogullarga topshirdilar. Ular esa Qushluxonning boshini tanasidan judo qilib, ozlari bilan olib ketdilar. Bu voqea 614-yil zulqada (1218-yil)da boshlangan yolbars yilida sodir bolgan edi.