8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Anushteginiylar sulolasi haqida ma'lumot



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə13/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1

2.Anushteginiylar sulolasi haqida ma'lumot
Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin yoshligida (tarixiy manbalarga ko‘ra) Garjistonda yashagan turk quli edi (manbalarda uni mamluk deyilgan, mamluklar qul ham, yollanma jangchi ham bolishi mumkin - tarjimon). Tarixchilar Rashididdin va Hofizi Abro uning oguz turklarining Bekdili urugidan ekanliginin takidlashadi. Anushtaginni yoshlignda sipohsalor Izziddin Onar (Unar) Bilge tegin (vafoti 1098) sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshoh I (1072-1092)ga sovga qiladi. Anushtagin saroyda mansab pillapoyalaridan tezlik bilan kotarilib, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining xazinachisi - toshdorlik mansabiga kotariladi.Toshdorlik mansabiga sulton juda ishonchli odamlarini tayinlar edi va kop otmay, Anushtagin sultonning yaqinlaridan biri bolib qoldi. Toshtdorlik uchun zarur xarajatlar u zamonda Xorazm viloyatidan kelib turgani uchun sulton Malikshoh xos, yaqin odami Anushtaginni Xorazm mutasarifi (sarflovchisi) mansabiga tayinlab, unga Xorazm shixnasi (raisi, qala boshligi) unvonini beradi. (Juvayniy, I tom, sahifa, 278). Anushtakin Xorazm shixnasi mansabiga tayinlansada bu yerdagi hokimiyat ishllariga aralasha olmadi. Chunki bu vaqtda Xorazm hokimi sulton Malikshoh I, yani bolgusi ulug sulton Sanjarga tobe - mamluk Ekinchi ibn Qochqor bolib, Malikshoh vafotidan keyin uzoq vaqt davomida Orta Osiyoda siyosiy hayotda muhim rol oynagan edi. Sulton Barqyoruq (1094-1104) davrida saljuqiylar saltanatining sharqiy viloyatlari Xuroson amiri Dodbek Habashiy ibn Oltintosh qol ostida edi. U saljuqiylar sulolasi vakillarining ozaro nizolari va urushidan ustalik bilap foydalanib, 1097-yilda saljuqiylardan ajralib chiqib, mustaqillikka erishadi. Shu yili Anushtagin vafot etadi. Xuroson hukmdori Dodbek Habashiy (uning otasi Oltintosh sulton Mahmud Gaznaviyning yaqin amirlaridan bolib, Xorazmni boshqarib turgan edi. - M.M.)mansabdan chetlashtirilgan Ekinchi ibn Qochqor orniga Anushtaginning ogli Qutbiddin Muhammadni Xorazm voliysi qilib tayinladi. U Xorazm muqtosi (iqto egasi) boldi va Xorazmshoh laqabini (rutbasi, martabasini) oldi. (Ibn al-Asir, 8-jild, sah. 184. Abul Fido, 4-jild, sah. 124). Anushtaginiy Xorazmshohlar sulolasinnng tarixi aslida mana shu Xorazmshoh Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi.1100-yilda saljuq sultoni Barqyoruq va uning ukasi Sanjar (saljuqiylar saltanatidan ajralishga uringan Xuroson amiri) Dodbek Habashiy isyonini bostirib, uni qatl ettirdilar. Sanjar butun Xurosonni qolga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabiga egaligini tasdiqladi.Qutbiddin Muhammad otasi Anushtagin davrida Xuroson poytaxti Marvda yaxshi talim olgan, adab va din ilmlarini organgan edi. U Xorazm hukmdori bolgach, iqtidorli davlat rahbari sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qildi. U har tomonlama istedodli shaxs edi. Olimlar va din arboblari uni yaxshi korar, u ham ularni izzat-hurmat qilar edi. U (Qutbiddin Muhammad) fuqarolariga adolatli bolib, ular ham uni yaxshi korib, uning nomini aziz tutar edilar. (Al-Xusanniy. Zubdat-ut-tavorix. sah. 184. Ibn Xaldun, sah, 190).Qutbiddin Muhammad Xorazmda oz mavqeini mustahkamlash uchun kop kuch-gayrat sarfladi. U sulton Sanjarga ixlos va sadoqat bilan xizmat qildi. Sulton ham uni oziga yaqin tutib, saroy ayonlarining turli taziyiiq va igvolaridan himoya qildi. Bir kuni Qutbiddin Muhammad boshqa yoqqa ketganida (saljuqiylar dushmani) marhum Ekinchi ibn Qochqorning ogli Muhammad ibn Ekinchi-Torgultagin kochmanchi turkiy qabilalardan iborat lashkari bilan Xorazmga hujum qildi. Bundan xabar topgan Qutbiddin Muhammad sulton Sanjar huzuriga chopar yuborib, yordam soradi. Ammo, sultonning madad kuchlari yetib kelguncha, Qutbiddin oz kuchlari bilan dushman lashkarini Xorazmdan quvib chiqardi. Bu voqea ham sulton Sanjar nazarida Xorazmshoh Qutbiddin obrosini yanada oshishiga sabab boladi.Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad saljuqiylarning oliy hokimiyat uchun ozaro kurashida ham faol qatnashdi. Hijriy 513-yil jumodul avval oyining 2-kuni (1119-yil 11-avgust)da Sova shahri yaqinida sulton Sanjar qoshinlari sultonning taxtiga davogar - jiyani sulton Muhammad ibn Mahmud (bu, sulton Barqyoruqning ogli bolsa kerak. - M.M.) qoshinlari ortasida qattiq jang boldi. Sulton Sanjar galabasi bilan tugagan ushbu jangda Qutbiddin Muhammad sulton tarafida jang qilib, galabaga munosib hissa qoshgan edi.1118-yil xalifalikdan Buyuk sulton unvonini olgan Sulton Sanjar Samarqand hokimi qoraxoniylar hukmdori Muhammad Arslonxon (1102-1130)ga qarshi urush boshlamoqchi bolganida (Movarounnahr aholisi undan shikoyat qilgan edi (ulamo va din arboblari) Muhammad Arslonxon Xorazmshoh Qutbiddinga maktub yozib, undan vositachilik qilishni iltimos qiladi. Ana shu vaqtda Xorazmshoh Muhammad Arslonxon iltimosini inobatga olib, Sulton Sanjar bilan xon ortasidagi nizoni tinch yol bilan hal etishga erishdi. Bu vositachilik muvaffaqiyati ham Xorazmshohning obroyi va kuch-qudrati naqadar ortganligidan dalolat beradi.Tarixiy yodgorliklarda Xorazmshohning unvoni Podshoh Qutbid-dunyo vad-din Abul-fath Muin Amiral-mominin (Dunyo va din qutbi, galabalar otasi, Mominlar amiri-xalifaning yordamchisi) sozlari ham Xorazmshohning obrosi baland ekanidan shohidlik beradi. Songgi laqab (Mominlar amirining yordamchisi (Bagdod xalifasi tomonidan sulton Sanjar ruxsatisiz berilgan bolsa kerak. - Z.B.)Qutbiddin Muhammad Xorazmni umrining oxirigacha, yani 30 yil davomida boshqargan. U vafotigacha (1127) sulton Sanjarga sodiq fuqoroligini izhor qilib, sulton xazinasiga xiroj, olponlarni oz vaqtida tolab turdi (bu xirojlarni Qutbiddin Muhammad ozi yoki ogli Alouddin Muhammad Otsiz orqali yetkazib berar edi). Bu bilan Xorazmshoh sulton Sanjarning oliy hukmdorligini etirof qilardi. Shu sadoqati uchun ham sulton Sanjar Xorazmshoh Qutbiddin Muhammadning vafotidan song Xorazmshohlar taxtini uning ogli Al-Malik Abu Muzaffar Alouddin Jalolliddin Otsizga topshiradi.Alouddin Otsiz otasining taxtiga otirganida 29 yoshda edi. U ham, otasiga oxshab, sulton Sanjarning poytaxti Marvda yaxshi talim olgan edi. Otsiz musulmonlar podshohiga xos islom diniga va ilohiyot olimlariga homiylik qilishdan tashqari, turli fanlar va sanat ahlini qadrlar, ozi ham forscha qasida va ruboiylar yozar, juda kop buyuk shoirlarning baytlarini yoddan bilar edi. U Xorazm aholisiga gamxor, adolatli podshohlik qildi. Bir manbada aytilishicha, fuqarolar Xorazmshoh Otsizni yaxshi korar, uning zamonida fuqarolar xavf-xatardan mutlaqo xoli, tinchlik va osoyishtalikda, adolatda yashadi.Alouddin Otsiz jasur sarkarda edi, janglarda tolei kulib boqar, sulton Sanjar xizmatida juda kop galabalarga erishgan edi. Bu bilan oz homiysi (syuzereni) dargohida yuksak izzat-hurmat qozongan edi. Bir marta u buyuk sulton Sanjarni olimdan qutqarib qoldi va bu bilan yanada obroyi oshadi.

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin