9 – S I N F Labaratoriya ishi№2 Mavzu: Turli temperaturali suv aralashtirilganda issiqlik miqdorini taqqoslash. Ishning maqsadi: Turli temperaturali suv aralashtirilganda issiqlik miqdorini taqqoslashni o’rganish. Issiq suvning sovuq suvga bergan issiqlik miqdori, sovuq suvning issiq suvdan olgan issiqlik miqdoriga tengligiga ishonch hosil qilish.
Kerkli asboblar: Karolimetr, termometr, o’lchov silindri (menzurka), stakan, filtr qog’oz, issiq suvli idish.
Eslatma: Kalorimetr asbobi, bir-biriga kiydirilgan ikki tashqi va ichki idishdan, hamda quyma taglikdan iborat bo’lib, ular o’rtasida havoli bo’shliq mavjud.
Hurmatli o’quvchi! Sizga yuqoridagi jihozlar berilgan bo’lsa, qanday qilib Turli temperaturali suv aralashtirilganda issiqlikmiqdorini taqqoslagan bo’lar edingiz. Taxminlaringizni labaratoriya ish daftaringizga yozing.
Ishni bajarish tartibi 1. Kalorimetrga o’lchov silindir yordamida 100ml issiq suv, stakanga esa xuddi shuncha sovuq suv quying.
2. Sovuq suvni issiq suvli idishga quying, aralashmani termometr bilan ehtiyot bo’lib aralashtiring va hosil bo’lgan aralashmani temperaturasini o’lchang.
3. Issiq suvning aralashma temperaturasiga qadar soviganda bergan issiqlik miqdorini va sovuq suvning shu temperaturagacha isiganda olgan issiqlik miqdorini hisoblab toping.
4. Issiq suvning bergan issiqlik miqdorini (Q2) sovuq suvning olgan issiqlik miqdori (Q1) bilan taqqoslang va tegishli xulosa chiqaring.
Q2=cm2(t2-t)-issiq suvning bergan issiqlik miqdori.
Q1= cm1(t-t1)- sovuq suvning olgan issiqlik miqdori.
Sovuq suvning massasi m1, kg
Sovuq suvning temperaturasi t1,
Aralashmaning massasi m, kg
Aralashmaning temperaturasi t,
Issiq suvning massasi m2, kg
Issiq suvning temperaturasi t2,
Issiq suvning bergan issiqlik miqtori Q1, J
Sovuq suvning olgan issiqlik miqdori Q2, J
5. Tajribani yana ikki marta takrorlang. Absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblang.