9-amaliy mashg’ulot Mavzu: yozma ishlar xatosi ustida ishlash darslari dars ishlanmasini tuzish
9-amaliy mashg’ulot
Mavzu: YOZMA ISHLAR XATOSI USTIDA ISHLASH DARSLARI DARS ISHLANMASINI TUZISH
ODAMBOYEVA NAFOSAT
Mashg‘ulot maqsadi:
Mashg‘ulot maqsadi:
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishda foydalaniladigan nazorat va ijodiy topshiriq turlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni grammatikaga oid bilimlarini o‘rgatish va ularni yozma nutqlarini shakllantirishda yozma ishlar alohida o‘rin tutadi. Bular – ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalga oshiriladi. Bolalar savodxonligini oshirishda foydali bo‘lgan mashqlardan biri – yozma ishlardir. Uni o‘tkazishda o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, aniqlikka e’tibor berish soddadan murakkabga qarab borish muhim ahamiyatga egadir. Yozma ishlar quyidagi shakllarda bo‘ladi: mashqlar, ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho. Mashqlar o‘quvchining ona tilidan olgan bilim va malakalarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi.