9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


- rasm. Bosim o‘lchash uchun o‘lchash komplekti sxemasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#153679
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 9-ma\'ruza

67- rasm. Bosim o‘lchash uchun o‘lchash komplekti sxemasi 
P bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining 
siljishi X statik tavsif X=
f
(p) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. 
Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani 


membrana markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash yetarli bo‘lardi. Bosimni 
masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa yo‘li 4 bo‘yicha 
ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, mutanosib elektr signalga o‘zgartirish zarurati 
tug‘iladi. Bu o‘zgartirish birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi. 
Chiziqli siljishni bir xillashtirilgan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun differensial-
transformatorli va magnit kompensatsiyali o‘zgartkichlar keng qo‘llana boshlandi. Burchak 
siljishlarni o‘zgartirish uchun ferrodinamik va chastotali, kuchlarni o‘zgartirish uchun kuch 
kompensatsiyali (elektr va pnevmatik) o‘zgartkichlar qulay. O‘zgartkich turi 
o‘zgartirilayotgan signalning ko‘rinishi va aloqa yo‘li bo‘yicha uzatiladigan signalning 
berilgan ko‘rinishiga bog‘liq (tok, kuchlanish, bosim va h.). 
Zamonaviy o‘zgartkichlar va asboblarning muhim xususiyati ularning chiqarish 
signallarining bir xillashtirishdir. Bu o‘lchov vositalari o‘zaro almashinuvchanlikni, 
markazlashtirilgan nazorat qilishni taminlaydi va ikkilamchi asboblar turlarini qisqartishga 
imkon beradi. 
O‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan chiqarish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar 
eng istiqbollidir. Shu bilan birga o‘zgarmas tok kuchlanishining chiqish signaliga, chastotali 
elektr chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar ham qo‘llaniladi. O‘zgaruvchi tokning 
chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar keng qo‘llanmoqda. Bunday signal yo o‘zaro 
induksiyaning o‘zgarishi ko‘rinishida yoki o‘zgaruvchan tok kuchlanishining o‘zgarishi 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kimyo sanoatida bir xillashtirilgan pnevmatik chiqish 
signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. 
Keyingi yillarda sanoat asboblari va avtomatlashtirish vositalarining Davlat tizimi 
yaratilgan bo‘lib, u blok modul prinsipi bo‘yicha tuziladi hamda pnevmatik, gidravlik, 
elektrik (tokli, kuchlanishli, chastotali va impulsli) kirish va chiqish signallariga ega bo‘lgan 
asboblarni birlashtiruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Ular uchun bir xillashtirilgan qiymatlar 
belgilangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni nazorat qilish, sozlash va boshqarishning turli-
tuman tizimlarining texnik vositalar bilan ta’minlash muammolarini eng qulay usul bilan 
hal etish imkonini beradi. 
Blokli prinsipdan foydalanish asboblarning qo‘llanish chegarasini kengaytirish 
imkonini beradi va ularni tekshirilgan qismlarning minimal sondagisini almashtirishda eng 
ko‘p sondagi parametrlarni o‘lchashga yaroqli holga keltiriladi. 
Ishlatishda faqat bir turdagi energiyadan foydalanadigan qurilmalar o‘lchash 
asboblarining yagona tuzilishdagi tarmog‘ini tashkil etadi. 
Pnevmatik tarmoqdagi asboblar oson yonadigan va portlaydigan muhitlarda bexavotir 
qo‘llanishi: og‘ir sharoitli ishlarda, ayniqsa agressiv muhitda ishonchliligi yuqoriligi bilan 
xarakterlanadi. Ularni osongina birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin. Ammo 
pnevmatik asboblar texnologik jarayonlar katta tezlikni talab etganda yoki signallarni uzoq 
masofaga uzatishda elektr asboblardan qolib keladi. 
Gidravlik o‘lchash asboblari katta zo‘riqishlarda ijrochi mexanizmlarning aniq 
siljishini aniqlashga imkon beradi. Amalda avtomatik tizimlarda ularning tarmoqlarini turli 
kombinatsiyalarda yoki alohida qurilmalarini birgalikda qo‘llash ancha samaralidir. 
Elektr asbob tarmoqlaridan tashkil etilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari 
quyidagi afzalliklarga ega. Elektr tizimga yuqori sezgirlik va aniqlik, tezkorlik, uzok 
masofalar bilan aloqa bog‘lashga imkon beradi, asboblarning sxema va tuzilishi jihatidan 
yuqori bir xillashtirishni ta’minlaydi. Yarim o‘tkazgich texnikadan integral sxemalarni 


qo‘llashga o‘tish asboblarning o‘lchamlarini va og‘irligini kamaytirishga olib kelish bilan 
birga ularning mustahkamligini oshirishga va funksional imkoniyatlarini kengaytirishga 
imkon tug‘diradi. Boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida elektronikani 
qo‘llash ayniqsa nazorat o‘lchov asboblari guruhida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki 
ularning boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita aloqasini ta’minlash 
imkonini beradi. 
Sanoat asboblari va qurilmalari orasida axborot bog‘lanishni ta’minlash uchun bir 
xillashtirilgan signallar (US) ishlatiladi. US ning bir xillashtirilgan parametri deyilganda 
uning axborot eltuvchi parametri, ya’ni o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi tok kuchi, kuchlanish, 
chastota, kod, pnevmatik signal-havoning bosimi tushuniladi. 
Bir xillashtirilgan parametrlarning turiga qarab US larning to‘rt guruhi mavjud: 
1.
Elektrik uzluksiz tok va kuchlanish signallari
2.
Eektrik uzluksiz chastotali signallar; 
3.
Elektrik kodlangan signallar; 
4.
Pnevmatik signallar. 
Elektrik uzluksiz tok va kuchlanish signallaridan turli uzluksiz o‘zgaruvchi fizik 
kattaliklarning son qiymatlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Axborot parametr turiga 
qarab US ning shu guruhi o‘zgarmas tokning tok signali, o‘zgarmas tokning kuchlanish yoki 
o‘zgaruvchi tokning
Elektrik uzluksiz chastotali signallar fizik kattalik haqidagi axborotni eltuvchi 
signalning bir xillashtirilgan parametri sifatida o‘zgaruvchi tok chastotasidan yoki impulslar 
chastotasidan foydalaniladi. 
Turg‘un rejimda chastotali chiqish signallarining nominal qiymatlari quyidagi 
kattaliklarga ega bo‘lishi mumkin: 0,6; 1,2; 3; 4; 6; 8; 12; 24; 48; 60; 110 yoki 220 V. 
Uzluksiz chastotali kirish signalli o‘lchov asboblari amplitudasi quyidagi 
chegaralarning birida bo‘lgan signallarni qabul qilishga mo‘ljallangan: 2,5 — 10; 10— 40; 
40 — 160; 160 - 600 mV 0,6-2,4; 2,4—12 V; 12—36 V; 36—120 V. 
Elektrik kodlangan signallardan turli xil elektron hisoblash va boshqarish 
mashinalarida, raqamli avtomatika va telemexanikaning raqamli qurilmalarida 
foydalaniladi. Funksional asbob va tizimlarda kattaliklar qiymati sakkizta karrali ikkilik 
xonalarda (baytlarda) tasvirlanadi. 
Pnevmatik signallar shu guruh US dan o‘zgartkichlar, ikkilamchi asboblar, funksional 
va to‘g‘rilovchi bloklar hamda ijrochi qurilmalar orasida axborot uzatishda foydalaniladi. 
Pnevmatik chiqish signallari o‘zgarishining ish chegarasini ta’minlash bosimining 
nominal qiymati 140 kPa bo‘lganda 20 - 100 kPa chegarasida bo‘ladi. 
Me’yorlashtiruvchi oraliq o‘zgartkich tabiiy chiqish signalini bir xillashtirilgan 
signalga o‘zgartiradi. Oraliq o‘zgartkichlar alohida mustaqil qurilmalardan iborat. Ularning 
ishlash prinsipi mazkur darslikning II bobidagi 2.4 va 2.5-§ larida keltirilgan. 
Asbobsozlik tizimida o‘zaro almashinuvchan pnevmatik va elektr o‘zgartkichlarning 
blok turidagi o‘zgartkichlari ishlab chiqilgan. Bunday turdagi o‘zgartkichlar katta sondagi 
turli o‘lchanayotgan parametrlarni nisbatan soddalik va yetarli aniqlik bilan bitta chiqarish 
kattaligiga — kuchga o‘zgartiradi. 
Bir xillashtirilgan o‘zgartichlarning aniqlik sinfi 0,6; 1,0 va faqat ba’zilari uchungina 
1,6; 2,5. 
 


Elektr o‘zgartkichlar 
Noelektr kataliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish, va ko‘rsatishlarni masofaga 
uzatish uchun kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar, siljish kompensyatsiyali o‘zgartkichlar 
va chastotali o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin