Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik
mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (
I
= 0-5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga beriladi. Bunda
magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit oqimi paydo bo‘ladi.
Yakordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. Shu kuch ta’sirida richag 2 ning siljishi
soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan
kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3
ga beriladi. Chiqish bosimi ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan
kuch yakorda kirish
signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi
0,5; 1,0.
Pnevmo-yelektr o‘zgartkich 20-100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik signalni 0-5
mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-yelektr o‘zgartkichlar ham to‘g‘ri
ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya
manbaidan foydalanadigan
kompensatsion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin.
To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-yelektr o‘zgartkich (73-rasm) pnevmatik kirish signalini qabul
qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda uzatuvchi o‘zgartkichdan
tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan,
birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak 4 siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch
prujina 6 yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan
asosiy
xatolik ± 1 % dan oshmaydi.
Kompensatsion pnevmo-yelektr o‘zgartkichlarda
kuchlarni kompensatsiyalash
prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar
kompensatsion turdagi
o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega.
Ammo kompensatsion turdagi
o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi.
Dostları ilə paylaş: