To‘siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan
parametr qiymatiga bog‘liq. To‘siq soploni berkitganda silfonga ta’sir qiladigan P
1
bosim
ko‘payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi
11
ni berkitadi; P
2
bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda, P
2
bosim o‘zining
maksimal qiymatiga erishadi. To‘siq soplodan chetlashganida
teskari hodisa yuz beradi,
ya’ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi
qarshilik kamayadi, shuning uchun R
2
bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‘liq ochilishida
nolga tenglashadi.
Havo bosimining va o‘lchanayotgan parametrning o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi. R
2
bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‘siqni soplo 3
dan chetga suradi
hamda soploning batamom berkilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi
asbob sifatida har qanday bosim o‘lchagichlar ishlatilishi mumkin.
Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar
Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinatsiyalangan elektr-pnevmatik
tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan
asboblar
qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini moslashtirish uchun
elektr-pnevmatik va pnevmo-yelektr o‘zgartkichlar chiqariladi.
Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0-5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr signalini bir
xillashtirilgan 20-100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 72-rasmda tasvirlangan.
O‘zgartkich ishi kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va
sozlash tizimlarida elektr analog asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida
bog‘lanish o‘rnatishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: