Kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining kuchini
0-5 yoki 0-20 mA li o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga o‘zgartirishga
mo‘ljallangan.
Elektr - kuch o‘zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga
asoslangan: sezgir element tomonidan o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida hosil qilingan kuch
shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta’sir etadigan kuch bilan
muvozanatlashadi.
O‘lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o‘zgartkichlarida elektr-kuch
o‘zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali orasida to‘g‘ri
mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta’minlaydigan chiziqli o‘zgartkichlar va chikish
sngnali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga mutanosib bo‘lgan kvadratik
o‘zgartkichlar. Kvadratik uzgartkichlardan difmanometrlarda — sarf o‘lchagichlarda
foydalaniladi. Ular chiqish signalini o‘lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to‘g‘ri
mutanosib o‘zgaradigan o‘zgarmas tok ko‘rinishida olishni ta’minlaydi. O‘zgartkichlar
alohida blok ko‘rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan komplektlanadi
(jamlanadi).
Chiziqli va kvadratik o‘zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq qiladi.
Kuch kompensatsiyali elektr analog o‘zgartkichning prinsipipial sxemasi 68-rasmda
ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan,
manometr membranasiga) ta’sir ko‘rsatadi va G‘ mutanosib kuchga aylanadi, bu signal
richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3, oraliq richag 4 va lentali tortqi 5 orqali burilishi
kompensatsion richag 6 ga uzatiladi.
Kompensatsion richagda differensial-transformatorli indikatorning o‘zagi 7 va
magnitoelektr kuch mexanizmining g‘altagi 8 o‘rnatilgan. Yarmo 9 ikkilamchi
chulg‘amlarining bir-biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo‘lgan zanjirdagi muvozanat
o‘rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok signali paydo bo‘ladi.
Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to‘g‘rilangan signal masofaga