9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari.
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Elektrik, pnevmatik va gidravlik signal o'zgartirgichlar.
3.
Pnevmoelektrik va elektropnevmatik o'zgartirgichlar.
4.
Analog-son raqamli signal o'zgartirgichlar va
son raqamli-analogli signal
o'zgartirgichlar.
5.
Signal kuchaytirgichlari.
Umumiy ma’lumotlar.
Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish
zarurligi nazarda
tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi.
Kirishiga
o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich
birlamchi
va o‘lchash
signallarini
o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari
oraliq o‘zgartirkich
deb yuritiladi.
Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina
zamonaviy qurilmalar
birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan
tizimlardan iborat.
Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit
ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik,
pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan
ikkilamchi
asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash
o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va
uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal
masofaga uzatishga qulay
bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi.
Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni
masofaga uzatish mumkin
bo‘lmaydigan
fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa,
unda oraliq
o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni)
elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi
asbobga uzatiladi. Misol sifatda 67-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan.