9-Maruza. Moddaning agregat xolati. Moddaning zichligi. Suyuqlik va gazlar bosimi. Atmosfera bosimi va ortiqcha bosim. Bosimni oʹlchash. Paskal qonuni



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə5/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#150498
1   2   3   4   5
dfd7468ac613286cdbb40872c8ef3b06

Paskal qonuni
Yer atmosferasi unda turgan barcha jismlarga, jumladan boshqa gaz va suyuqliklarga bosim bilan ta`sir etadi. Suyuqlikka (yoki gazga) ta`sir etuvchi atmosfera bosimi shu suyuqlikning butun xajmiga uzatiladi. Masalan, (5,b) tenglamaga asosan ko’ldagi suvning bosimi 100 m chuqurlikda P = ρgh = (1000 kg/m3)(9,8 m/s2) x (100 m) = 9,8*105 N/m2, yoki 9,7 atm ga teng. Bu chuqurlikdagi to’liq bosim esa suvning bosimi va uning ustidagi xavo bosimidan iboratdir. Agar ko’l sirti deyarli dengiz sathida bo’lsa, u xolda to’liq bosim 9,7 atm + 1,0 atm = 10,7 atm ga teng bo’ladi. Bu frantsuz faylasufi va olimi Blez Paskal (1623- 1662) ning umumiy qonunlaridan birigagina misol bo’la oladi. Paskal qonuniga ko’ra chegaralangan xajmdagi suyuqlik yoki gazga ta`sir etavchi bosim xajm ichidagi barcha nuqtalarga o’zgarishsiz uzatiladi. Paskal qonuniga qator amaliy mexanizmlar asoslangan. Ikkita misol- avtomobilning gidravlik tormoz tizimi va gidravlik pod`emnik (rasm).



Paskal qonunining qo’llanilishi. (a) Avtomobilning gidravlik tormozi. (b) Gidravlik pod`emnik.

Gidravlik pod`emnikda uncha katta bo’lmagan kuch bir porshenning (chiqishda) ikkinchisinikiga (kirishda) qaraganda katta qilingani uchun katta kuchga aylantiriladi. Agar kirish parametrlarini i indeksi bilan, chiqish parametrlarini o indeksi bilan belgilasak, Paskal qonuniga muvofiq,

yoki

bo’ladi.
kattalik mashina yuzaga keltirgan kuchdagi yutuqni ifodalab, porshenlar yuzalari nisbatiga tengdir. Agar, masalan, chiqish silindrida porshen yuzasi kirishdagiga nisbatan 20 marta katta bo’lsa, biz kuchdan 20 marta yutamiz. Bitta porshenga 100 kg li yuk qo’yib, biz ikki tolnnali avtomobilni ko’tara olamiz.

Glosariy


Phases or states

Faza yoki xolat

Moddaning uch xil agregat xolati

solid

Qattiq

Aniq shakl va xajmga ega modda

liquid

Suyuq

Xajmga ega, lekin shaklga ega bo’lmagan modda

gas

Gaz

Shaklga ham, xajmga ham ega bo’lmagan modda

plasma

Plazma

Juda yuqori temperaturalarda atomlar o’zlarining elektronlarining bir qismini yo’qotib, ionga aylanganida mavjud bo’ladigan faza

fluids

Oquvchan

Suyuqlik molekulasi o’zining muvozanat atrofida tebranma harakat qilib, yangi muvozanat xolatiga o’tishi

density

Zichlik

Birlik xajmdagi massa

specific gravity

Nisbiy zichlik

Modda zichligining suyuqlikning 40C dagi zichligiga nisbati

Pressure

bosim

Birlik yuzaga ta`sir etuvchi kuch

atmosphere

atmosfera


ga teng bosim

bar

bar


ga teng bosim

absolute pressure

Absolyut bosim

Atmosfera bosimi bilan ortiqcha bosim yig’indisi

gauge pressure

Ortiqcha bosim

O’lchanayotgan bosim bilan atmosfera bosimi orasidagi farq

Pascal’s principle

Paskal printsipi

Chegaralangan xajmdagi gaz yoki suyuqlikka berilgan bosim xajmning barcha nuqtalariga o’zgarishsiz uzatiladi

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin