9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-мавзу маъруза (1)



9. MA’RUZA. Qon fiziologiyasi. (2 soat) 
Reja: 
1. Qon sistemasi haqida tushuncha. 
2. Qon plazmasining tarkibi. 
3. Qonning fizik va kimyoviy xossalari. 
4. Qonning shaklli elementlari. 
5. Qon guruhlari va rezus faktor. 
6. Qon ivishining mexanizmlari. 
7. Immunitet. 
Tayanch iboralar:
qon, albumin, globulin, fibrinogen, eritrotsit, leykotsit
trombotsit, qon guruhlari,rezus faktor,immunitet.
Qon sistemasi haqida tushuncha. 
Qon, limfa, to’qima, orqa miya, plevral, bo’g’im va boshqa suyuqliklar 
organizm ichki muhitini tashkil kiladi. Bular ichidan to’qima suyuqligi haqiqiy 
ichki muhitni hosil qiluvchi xisoblanadi, chunki u hujayra bilan bevosita aloqada 
bo’ladi. Qon esa bevosita endokard va tomirlar endoteliyasi bilan aloqada bo’lib, 
ularning xayot faoliyatini ta’minlaydi, boshka a’zo va to’qimalar ishiga to’qima 
suyuqligi orqali tasir ko’rsatadi. 
Qon va to’qima suyuqligi o’rtasida moddalar, gormonlar, gazlar va biologik 
faol moddalarning suvda erigan xoldagi almashinuvi tinimsiz sodir bo’ladi. 
Demak, ichki muhit gumoral tashuvchanlikni amalga oshiruvchi bir butun tizim 
bo’lib, quyidagi halqalardan tashkil topgan: qon – to’qima suyuqligi – to’qima 
suyuqligi – limfa – qon.
Bundan 210 yil muqaddam (1878 y) frantsuz fiziologi Klod Bernar «ichki 
muhitning doimiyligi yashashning asosiy omilidir» degan xulosaga kelgan. 
Boshqacha aytganda, organizm faol yashashi uchun uning hujayralari boshqarilib 
turiladigan muhitda bo’lishi zarur. Keyinchalik bu nuqta nazari o’z tasdig’ini topdi, 
hayvonlar organizmi ichki muhiti bir necha mexanizmlar yordamida boshqarib 
turilar ekan. SHuning uchun ham ichki muhit tarkibi cheklangan o’zgarishlarga 
uchraydi va doimiyligi saqlanib turadi.
1929 yil Uolter Kennon fanga gomeostaz (grekcha homoios – o’xshash, 
Stasis - holat) atamasini kiritdi. Gomeostaz – organizm ichki muhitining jo’shqin 
doimiyligi va shu holatni ushlab turishga yo’naltirilgan boshqaruv mexanizmi. 
 
Qon sistemasi haqida tushuncha. 
G.F.Lang qon sistemasi tushunchasini 
1939 yili fanga kiritdi. Bu tizimga: 
qon-tomirlari 
bo’ylab harakatlanayotgan 
periferik qon; qon yaratuvchi a’zolar (suyak kumigi, limfa tugunlari, taloq); qonni 
parchalovchi a’zolar (jigar, talok); va ularni boshqaruvchi nerv-gumoral 
sistemalari kiradi. Qon to’qima sifatida o’ziga xosliklarga ega: 1. Uning tarkibiy 
qismi qon tomirlaridan tashqarida hosil bo’ladi; 2. To’qimaning hujayralararo 
qismi suyuq moddalardan tashkil topgan; 3. Qonning asosiy qismi harakatda 
bo’ladi. 
Odam va hayvonlar qoni yopiq qon tomirlar halqasida harakatlanadi. Qon 
ikki qismdan: suyuq plazma va shaklli elementlar – eritrotsitlar, leykotsitlar va 
trombotsitlardan iborat. Katta yoshdagi odamlar qonining 40-48 % ni shaklli 


elementlar va 52-60% ni plazma tashkil qiladi. Bu nisbat gematokrit kattaligi 
(grekcha haima – qon, kritos - kursatkich) deb nomlanadi. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin