Rang ko’rsatkich.
Eritrotsitlarda gemoglobin miqdori hakida rang
ko’rsatkich yoki farb indeks (Fi,
farb-rang, intex- kursatkich)ga qarab fikr
yuritiladi. Rang kursatkich eritrotsitni gemoglobin bilan to’yinganlik darajasini
bildiradi. Fi – gemoglobin va eritrotsitlarning foizlardagi nisbati,
bunda
gemoglobin miqdori 166,7 g/l, eritrotsitlar esa 5·10
12
/l shartli 100% deb qabul
qilingan. Agar har ikkalalari 100% ga teng bo’lsa, Fi 1ga teng deyiladi. Normada
Fi 0,75-1,1 o’rtasidagi kattalikka ega, buni
normoxrom
holati deyiladi. Agar Fi 0,7
dan kam bo’lsa
gipoxrom
, 1,1 dan katta bo’lsa
giperxrom
holat deyiladi. Rang
kursatkichni aniqlash klinikada anemiyaning kelib chikish sababini o’rganishda
katta axamiyatga ega.
Gemoliz.
Eritrotsitlar qobig’i yorilib gemoglobinning plazmaga chiqishi
gemoliz
deyiladi. Bunda plazma tiniq qizil rangga bo’yaladi. Gemolizning bir necha
turlari mavjud.
Osmotik gemoliz
eritrotsitlarning gipotonik eritmaga solinganida kelib chiqadi.
Sog’lom odamlar eritrotsitlarining osmotik chidamliligini minimal chegarasi
NaCl ning 0,42-0,48% eritmasiga tug’ri keladi, to’la gemoliz (maksimal
chidamlilik) NaCl ning 0,30-0,34% eritmasida sodir bo’ladi.
Kimyoviy gemoliz
– ximiyaviy moddalar (xloroform, efir, saponin va b.)
ta’sirida eritrotsitlar oqsil - lipid pardasining parchalanishi natijasida kelib chiqadi.
Biologik gemoliz
- ilon, xasharotlar, mikroorganizmlar zaharlari ta’sirida
sodir bo’ladi.
Termik gemoliz
– eritrotsitlar muzlatilib so’ng isitilganda kelib chiqadi.
Immun gemoliz
– mos kelmagan qon quyish natijasida
immun gemolizinlar
ta’sirida kelib chiqadi.
Mexanik gemoliz
- qonga mexanik ta’sir qilganda, masalan qon
saqlanayotgan idish qattiq silkitilganda eritrotsitlar kobig’ining yorilishi.
Eritrotsitlarning vazifasi.
Eritrotsitlar uch xil vazifani bajaradilar: tashuvchi,
himoyalovchi va boshqaruvchi.
Tashuvchi vazifasi
ga O
2
va CO
2
,
aminokislotalar, polipeptidlar, oqsil,
karbonsuvlar, fermentlar, gormonlar, yog’lar, xolisterin,
har xil biologik faol
moddalar (prostoglandinlar, leykotrientlar va b.), mikroelementlar va boshqalarni
tashish kiradi.
Ximoyalovchi vazifasi
ga eritrotsitlarning xususiy va umumiy immun
reaktsiyada
ishtiroki, qon-tomir trombotsitar gemostazda, qon ivishida va
fibrinolizda qatnashishi kiradi.
Dostları ilə paylaş: