kamayadi. Bunday holat eritrotsitlar yuzasiga fibrinogen, γ – globulin,
paraproteinlar kabi musbat zaryadli oqsillarni adsorbtsiyalanishi natijasida kelib
chikishi mumkin. Bunday eritrotsitlar bir-birining ustiga taxlanib «tangachalar
ustuni» ni hosil qilishi mumkin. Hosil bo’lgan «tangachalar ustuni» kapillyarlarga
tiqilib to’qima va a’zolarda qon aylanishini buzishi mumkin.
Agar probirkaga qon olib, uning ivishiga qarshi modda qo’shib qo’yilsa,
ma’lum vaqt o’tgandan so’ng qon ikki kismga bo’linib qolganligini ko’rish
mumkin: yuqoridagi suyuq qismi plazma va pastki qismi shaklli elementlar, asosan
eritrotsitlardan iborat. Shunga asoslanib, cho’kish tezligini aniqlash orqali
plazmadagi eritrotsitlarning aralashma holati turg’unligini o’rganish taklif qilingan.
ECHT yoshga va jinsga bog’liq. Chaqaloqlarda ECHT 1-2 mm/s, 1 yoshdan
katta bolalarda va erkaklarda 6-12 mm/s, ayollarda 8-15 mm/s, qarilarda 15-
20mm/s ga teng. ECHT kattaligiga eng ta’sir qiluvchi omil bu fibrinogenning
qondagi miqdoridir: agar uning miqdori 4 g/l dan ko’paysa ECHT ortadi.
Homilador ayollarda ECHTning ortishi ham qondagi fibrinogen miqdorining
ko’payishi bilan bog’liq. ECHTning ortishi yallig’lanish, yuqumli va onkologik
kasalliklarda, shuningdek qonda eritrotsitlar miqdori keskin kamayganda
(anemiya) kuzatiladi.
ECHT eritrotsitlarga nisbatan plazma hossalariga ko’proq bog’liq. ECHT
kattaligi meyorda bo’lgan erkak eritrotsiti homilador ayol plazmasiga qo’shib
qo’yilsa, u ham huddi homilador ayol eritrotsitlaridek tez cho’kadi.
Dostları ilə paylaş: