xemotaksik omilning qonga ko’p miqdorda ajralishidir va ularni yo’kotish uchun
eozinofillarning jalb qilinishidir. Eozinofillar fagotsitoz qilish va faolsizlantirish
orqali bazofillarning ajratgan moddalaridan qonni «tozalaydi».
Eozinofillar tarkibida kallikrein – kinin sistemani aktivlovchi kation oqsillar
saqlanadi. Kation oqsillar qon tomir endoteliylariga emiriluvchi ta’sir kursatib
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida ham ahamiyatli degan fikrlar mavjud.
Ayrim ogir kechuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin
kamayib ketadi.
Monotsitlar
– qon tomirlarda 70 soatgacha aylanib yuradi so’ngra u erdan
chiqib to’qima (gistiotsitlar) makrofagiga aylanadi. Kislotali muhitda monotsitlar
mikroblarni fagotsitoz qilish xossasiga ega, bu paytda neytrofillar faolligi susayadi.
Halok bo’lgan leykotsitlar va jarohatlangan to’qimalarni monotsitlar fagotsit qilib
yallig’langan sohani tozalaydilar. Monotsitlar komplement tizimi tarkibiy
qismining ayrimlarini sintezlaydi. Aktiv monotsitlar va makrofaglar tsitotoksinlar,
interleykin (IL-1), o’smalarni nekroz qiluvchi omil, interferonlarni sintezlash
natijasida o’smaga, viruslarga, mikroorganizmlarga va parazitlarga qarshi
immunitet hosil qiladi, gemopoezning boshqarilishida ishtirok etadi. Monotsitlar
qon ivishini (tromboksan, tromboplastinlar), hamda fibrinolizni kuchaytiradigan
(plazminogen aktivatorlari) omillarni ishlab chiqaradi.
Limfotsitlar
– suyak ko’migida hosil bo’ladi va qonga tushgach to’qimalarda
shakllanadi. Ayrisimon bezda shakllanganlari T – limfotsitlar (thymus – so’zidan
olingan) deb ataladi. T – limfotsitlarning bir necha turlari mavjud. T
Dostları ilə paylaş: