Trombotsitlarning asosiy funktsiyasi
gemostazda
ishtirok etishidir.
Trombotsitlar har xil yot yuzaga (
adgeziya
) xamda bir-biri bilan yopishish
(
agregatsiya
) xossalariga ega. Trombotsitlar bir qator biologik aktiv moddalarni
ishlab chiqaradi, bularga trombotsitar omil deb ataluvchi, qon ivishida
qatnashuvchi moddalar kiradi. Trombotsitar faktorlar R (lotincha platelet -
plastinka) harfi va arab raqamlari (P
1
, P
2
va b.) bilan belgilanadi. Bulardan
ahamiyatlilari P
3
yoki
tromboplastin
, xujayra membranasining bir parchasi; P
4
yoki
antigeparin omili;
P
5
yoki
trombotsitar fibrinogeni;
P
6
yoki (aktomiozinga
o’xshash)
trombastenin oqsili
; P
10
yoki q
on – tomirni toraytiruvchi omil-serotonin
,
P
11
yoki
tromboksan
hujayra
membranasida
(jumladan,
trombotsitlar
membranasida ham) tromboksansintetaza fermenti ta’sirida araxidin kislotasidan
sintezlanadi va ATF bilan kompleks hosil qilib qon ivishida ishtirok etadi.
Trombotsitlar yuzasida retseptor vazifasini o’tovchi glikoprotein tuzilmalar
mavjud. Ularning bir qismi «berk holat»da bo’ladi va trombotsitlar ADF,
adrenalin, kollagen, mikrofibrillari ta’sirida aktivlashganda ochiladi.
Trombotsitlar organizmni yot agentlardan himoya qilishda ham ishtirok
etadi. Ular fagotsitar aktivlikka ega, JgG saqlaydi, ayrim bakteriylar membranasini
parchalovchi lizotsim va β- lizinlar manbaidir. Bundan tashqari, trombotsitlarda O
– limfotsitlarni T va V – limfotsitlarga aylantiruvchi peptid omil topilgan. Bu
birikmalar trombotsitlar aktivlashgan paytda qonga chiqarib yuboriladi va qon-
tomirlar jarohatlanganda organizmni patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi.
Qisqa va davomli ta’sir qiluvchi
trompotsitipoetinlar
trombotsitopoezni
boshqarib turadilar. Ular suyak kumigida, taloqda, jigarda hosil bo’ladilar. Qisqa
ta’sir qiluvchi
trombotsitopoetinlar
qon plastinkalarining megakardiotsitlardan
ajralib chiqishini va qonga tushishini tezlashtiradi;
davomli tasir kiluvchi
trombotsitopoetinlar
suyak ko’migi gigant hujayralarining etuk megakariotsitlarga
o’tishini ta’minlaydi. Trombotsitopoetinlar aktivligiga IL – 6 va IL – 11 bevosita
ta’sir kiladi. Trombotsitlarning yashash davomiyligi 5-11 kundir. Makrofag tizimi
hujayralarida qon plastinkalari parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: