ularning qariligidan dalolat beradi. Qonda
yosh va tayoqcha yadroli
neytrofillarning ko’payishi
leykotsitar formulaning chapga siljishi
deyiladi, ular
miqdorining kamayishi qonning qariganidan
dalolat beradi va
leykotsitar
formulaning unga siljishi
deb ataladi.
Barcha leykotsitlar, asosan, himoya funktsiyasini bajarishadi.
Lekin bu
funktsiya har-xil leykotsitlar tomonidan turlicha amalga oshiriladi.
Neytrofillar
eng katta guruhni tashkil qiladi. Ularning asosiy funktsiyasi
qonga
tushgan yot tanachalarni
fagotsitoz
qilishdan iborat. Fagotsitoz xodisasi
1892 yili I.I.Mechnikov tomonidan kashf qilingan. Fagotsitoz 3
bosqichdan
adgeziya
,
qamrab olish
va lizosomal fermentlar (proteazalar, peptidazalar,
oksidazalar, dezoksinuklazalar) yordamida
hazm qilish
dan iborat.
Neytrofillar
tsititoksik ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Bu ta’sirni
killing
deb
atashadi. Sitotoksik ta’sir quyidagicha amalga oshiriladi – neyrofil
immunoglobulin IgG ishtirokida nishon hujayraga yaqinlashadi va ma’lum
masofadan turib uni halok qiladi. Bu ta’sir neyrofildan
ajralgan aktiv kislorod-
peroksid vodorod, gipoxlor kislotalari orqali amalga oshiriladi.
Oxirgi paytlarda ma’lum bo’lishcha, neyrofillar B va T limfotsitlar
faoliyatini kuchaytiruvchi moddalar ham ishlab chiqarar ekan.
Bazofillar,
Dostları ilə paylaş: