9-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari Reja


Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi



Yüklə 40,57 Kb.
səhifə4/8
tarix14.12.2023
ölçüsü40,57 Kb.
#177938
1   2   3   4   5   6   7   8
9 MARUZA Mavzu Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy nazariy

Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. virusni xotiraga yuklash;
2. qurbonni qidirish;
3. topilgan qurbonni zaharlash;
4. destruktiv funksiyalarni bajarish.
Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:
Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.
Taniqli virusni zararsizlantirish.
Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.
Hujum tushunchasi. Xujum tushunchasi-buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
Axborot xujumlari va undan saklanish qoidalari. Axborot hujumlari odatda 3 ga bo‘linadi:
1. Obyekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.
2. Obyektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
3. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish xujumi.
Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi obyektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDC) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
9.2. Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy tahdidlar
Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq hamkorlikni amalga oshirish jarayonida Tomonlar xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud quyidagi asosiy tahdidlardan kelib chiqadi:
1) Informatsion urushga tayyorlanish va olib borish, informatsion qurolni ishlab chiqish va qo‘llash;
2) axborotga oid terrorizm;
3) axborotga oid jinoyatchilik;
4) axborot makonida boshqa davlatlarning manfaatlari va xavfsizligiga zid ravishda ustunlik mavqedan foydalanish;
5) Boshqa davlatlarning o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy jabhalariga ziyon etkazuvchi ma’lumotlarni tarqatish;
6) Tabiiy va (yoki) texnogen xarakterga ega global va milliy informatsion infrastrukturalarning barqaror ishlashi, xavfsizligiga tahdidlar.
O‘qimishli (ayniqsa, biror ishga mas’ul) kishilar aytmoqchi yoki yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib, o‘rganib, so‘ng so‘zlashi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har bir fanning (hatto, oddiy mavzu, ijtimoiy fikrning ham) quyidagi uchta muhim asosi bo‘ladi:

Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin