9-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari Reja



Yüklə 40,57 Kb.
səhifə8/8
tarix14.12.2023
ölçüsü40,57 Kb.
#177938
1   2   3   4   5   6   7   8
9 MARUZA Mavzu Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy nazariy

axborot xuruji”dir. Oilada ana shu “axborot xuruji”ga qarshi qay tariqa immunitet paydo qilingan bo‘lsa, Vatanga qarshi xurujlarga nisbatan ham o‘z vaqtida yosh avlod ongida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib borish ulkan zaruriyatga aylandi. Bu ijtimoiy hodisa ilmiy tadqiq qilinishi va o‘z navbatida uning siru sinoati ta’lim muassasalarida yosh avlodga o‘rgatilayotgani ham bejiz emas. Zero, davlat rahbarining iborasi bilan aytganda, “Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g‘oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g‘oyamiz kuchli bo‘lishi lozim. Avvalombor, o‘zimiz, hayotning o‘zida sinalgan o‘z g‘oyamizga ishonib maydonga chiqishimiz darkor”. Sinalgan g‘oyalarimiz esa oilalarda mudom kurtak otadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, nuroniylar yaratgandan asosan tinchlik-xotirjamlik tilab duo qiladilar. Oila - kichik Vatan, o‘z navbatida Vatan - umumiy oilamizdir! Jonajon Vatan sarhadlari qanchalik bepoyon bo‘lsa, undagi muammolar, turfa ishlar, hatto gap-so‘zlar ham shunga yarasha bo‘lishi shak-shubhasiz. Yurtimiz istiqloli tufayli beqiyos baxtga erishdik. Endi ana shu baxtimiz poydevorini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida qo‘lni qo‘lga berib, elkama-yelka turib kurashmog‘imiz lozim. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin,- deb alohida ta’kidlagan davlat rahbari.- El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz”. Demak, bunday fojiali o‘tmish bugungi avlodlar uchun ham saboq bo‘lishi tabiiy. Shunga yarasha yagona axborot makonida mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lish hayotiy zaruratga aylangan.
Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin