9-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari Reja



Yüklə 40,57 Kb.
səhifə5/8
tarix14.12.2023
ölçüsü40,57 Kb.
#177938
1   2   3   4   5   6   7   8
9 MARUZA Mavzu Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy nazariy

1. Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, nutqlari, intervyularida bayon etilgan fikrlar);
2. Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar);
3. Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalar).
Bugun oliy ta’lim muassasalarida fan sifatida o‘rganilayotgan “Axborot -psixologik xavfsizlik” kursi metodologik asoslari Prezidentimizning qator asarlari va nutqlarida o‘z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan”, “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”, “Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li”, “Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq”, “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” kabi kitoblari, “Tinchlik va osoyishtalik - barcha yutuq va marralarimizning asosidir” (2013 yil 9 mayda OAV vakillari bilan suhbat) nomidanoq ushbu mavzuning qanchalik dolzarbligi ayon bo‘lsa, “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch”, “Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish” kabi asarlarini mutolaa qilgan o‘quvchi uning mohiyatini yanada teranroq anglashi mumkin.
Ushbu fanning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarida, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 163-qarorida o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizda ushbu kursning nazariy asoslarini yaratish borasida mutaxassislar izchillik bilan izlanmoqdalar. Chunonchi, “Ochiq axborot tizimlarida axborot -psixologik xavfsizlik” darsligi va o‘quv qo‘llanmalar nashrga tayyorlangan.
Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga kiritilgan “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” kursida asosan yurtimizga chetdan amalga oshirilayotgan mafkuraviy tahdidlar, inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etadigan buzg‘unchi g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi “axborot xurujlari”ning salbiy oqibatlari hamda ularga qarshi kurash, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni oshirish usullari nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Axborot texnologiyalari beqiyos darajada rivojlanib, dunyo yagona axborot makoniga aylanishi barobarida “axborot xuruji”, “axborot-psixologik xavfsizlik”, “mafkuraviy immunitet”, “globallashuv” degan so‘z va atamalar kirib keldi. “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” kursida o‘rganiladigan ana shu so‘z va atamalar ma’nosi tegishli qonunlarda, qomusiy lug‘atlarda va boshqa adabiyotlarda aniq bayon etilgan.
So‘nggi yillarda “mafkuraviy immunitet” atamasi siyosat va mafkuraga oid adabiyotlarda keng qo‘llanilmoqda. Unda shaxs, millat, jamiyat, davlatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qiluvchi g‘oyaviy-nazariy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin