9-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari Reja


Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo‘ladi



Yüklə 40,57 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü40,57 Kb.
#177938
1   2   3   4   5   6   7   8
9 MARUZA Mavzu Axborot xavfsizligini ta’minlashning g‘oyaviy nazariy

Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo‘ladi. Ya’ni, oiladagi ilk tasavvurlar maktabda fan sifatida tushuntiriladi.
Sobiq mustabid tuzum davrida qardosh respublikalarda, jumladan, bizda ham tarix, falsafa kabi ijtimoiy fanlar butunlay o‘zgacha tushuntirilar edi. Mdliy ma’naviyat haqida gapirish ham mumkin emasdi. Xudo yo‘q, din - afyun, degan soxta “nazariyalar” majburan yosh avlod ongiga singdirilardi. Shunday og‘ir sharoitda mafkuraviy immunitet haqida gap bo‘lishi mumkinmidi? Yurtboshimiz juda to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “noinsoniy g‘oya hukmron bo‘lgan mustabid tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg‘ularini qo‘pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatar edi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi”.
O‘sha davrda millatimizga, milliy g‘ururimizga nisbatan mehr uyg‘otish o‘rniga aksincha unga qarshi davlat siyosati darajasida dahshatli “axborot xurujlari” qilinar edi. “Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro‘z, R amazon, Qurbon Hayiti kabi ko‘plab muqaddas bayramlar taqiq etilgan edi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg‘oniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddiy Kubro, Mahmud az-Zamahshariy, Xoja Ahrori Valiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilinar edi”. Agarki bugungi chet el radiosidan tarqatiladigan ig‘vo va boshqa buzg‘unchi gaplarni “axborot xuruji” deb atasak, butun sobiq ittifoq miqyosida yuritilgan bunaqa “siyosat”ni nima deyish mumkin? O‘sha davrda ongi shakllangan yoshlarda millatga mehr uyg‘otish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, sobiq imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashardi... “Bir eslang, sho‘ro zamonida, 80-yillarda sobiq markaz “o‘zbek ishi”, “paxta ishi” degan uydirmalarni bahona qilib, o‘zbek millati vakillarini butun dunyoga qanday ko‘rsatardi? Sochi taqir qilib olingan, qalpoq kiygan, belini bog‘lagan, soqol qo‘ygan odamlarni, mana, bularning basharasi, deb, peshonasiga tamg‘a qo‘yib, matbuot orqali namoyish etardi,- deb ta’kidlagan davlatimiz rahbari Islom Karimov. - Men o‘sha paytda - 1989 yilda respublika rahbari bo‘lib kelishim bilan, avvalambor, o‘zbek xalqini shunday uydirma va tuhmatlardan saqlash, uning sha’nini asrash maqsadida, millatni dog‘ ostida qoldirishga qaratilgan urinishlardan xalos qilishga kirishdim. Va hozirgacha o‘zbek millati hech qachon qul bo‘lmagan, hech qachon bosmachi bo‘lmagan, hech qachon qon to‘kish tarafdori bo‘lmagan, deb butun dunyoga shu fikrni anglatishga harakat qilib kelyapman. Bugun jahonda o‘zbek nomi, o‘zbek millatining obro‘-e’tibori tan olingani shuning isboti emasmi?” Sobiq mustabid tuzum davrida ham millatimizga qarshi ommaviy tus olgan bunday “axborot xurujlari”ga qarshi ko‘pgina ijodkorlar dadil kurashganlar. Jumladan, atoqli shoirlar Erkin Vohidovning “O‘zbegim”, Abdulla Oripovning “O‘zbekiston - Vatanim manim” she’rlari o‘zbek elimizga otilgan toshlarga qarshi qaratilgan edi! Yurtimiz istiqlolining dastlabki yillaridayoq milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, bobokalonlarimiz aslida qanday buyuk zotlar bo‘lgani, betakror urf-odatlar, bayram va an’analarimiz haqida baralla ayta boshladik. Diniy qadriyatlarimiz ham ijtimoiy voqelikka aylanib ketdi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutishi barobarida dunyo bilan bo‘ylasha boshladi. Kompyuter texnologiyasining ajib mo‘jizasi bo‘lmish internet kurrai zaminni yagona axborot makoniga aylantirdi. Buning ko‘pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham borligini angladik. O‘sha salbiy holatlarning bitta ko‘rinishi - “
Yüklə 40,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin