9-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot



Yüklə 32,44 Kb.
səhifə6/7
tarix18.04.2023
ölçüsü32,44 Kb.
#99694
1   2   3   4   5   6   7
8-Мавзу.

Oziq-ovqat muammosi. Bugungi dunyo aholisi 7 millionga etdi va uning soni ortib bormoqda. Tez o‘sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi keyingi paytlarda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2,3 qismi doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer maydonlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil etmoqda. Holbuki, 1950 yilda bu ko‘rsatkich 0,5 ga ni tashkil etgan edi.
Oziq-ovqat zaxiralarining o‘sishini, bir tomondan, ishlanadigan yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomondan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko‘paytirish ustida juda ko‘p ishlar qilinib, o‘tgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o‘sishining 90% hosildorlikni ko‘tarish hisobiga to‘g‘ri keldi. Ammo, bizga ma’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qilingan qattiq zug‘um natijasida erishildi. Juda ko‘p yerlar bunday tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat qolmadi.
Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o‘sishi nihoyatda tez sur’atlar bilan ko‘paygani, ularning ish va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash uchun yetarli mablag‘ni topa olmayotganligidan izlash kerak.
Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o‘rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg‘or ishlab chiqarish malakasi va insoniyatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxirasi to‘planib, shu bilan birga aholining tabiiy o‘sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘z mamlakati aholisining iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda industrlashtirish jarayoni o‘tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng‘ avval AQSh, keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyotining yanada yuqoriroq bosqichiga o‘ta boshladi. Bunda ilmiy-texnika yutuqlari ko‘proq talabga mos va yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko‘p e’tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida malakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bo‘lgan ishchi kuchlariga ehtiyoj keskin kamayib ketadi.
Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologiya, murakkab mashina va uskunalar bilan o‘lchanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator jarayonlardan o‘tgan.
Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga orttirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshiga tushadigan salmog‘i keskin darajada ko‘paydi.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug‘ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag‘ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bo‘lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko‘zda tutildi.
Uchinchidan, ilmiy tadqiqot, oliy o‘quv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot darajasini belgilovchi eng asosiy omil — ilmiy tafakkur esa jamiyat a’zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, butun jahon miqyosida fan va ta’limga 3-4% yalpi milliy mahsulotning miqdorida mablag‘ ajratilayotgan bir paytda, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bir necha marta ko‘p mikdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tug‘diradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ba’zi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy ko‘rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi. Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50-70 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Afg‘onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600-3800 dollar bo‘lgan. 1994 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga Hindistonda 370 dollar, Afg‘onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, Italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Koreyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo‘lgan.
Demak, kambag‘al davlatlarning kambag‘allashishi yanada kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlakatlardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Aholining faqat miqdoriy o‘sishining o‘zi ko‘r-ko‘rona yaxshi yashash tarziga olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e’tiqodi, milliy psixologiyasi, qadriyat va an’analarini hisobga olgan holda faol demografik siyosat olib borish zarur.

Yüklə 32,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin