9-mavzu. Korxona qudratini boshqarish reja



Yüklə 222,88 Kb.
səhifə7/9
tarix26.06.2023
ölçüsü222,88 Kb.
#135330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona qudratini boshqarish reja

Global savdo mexanizmi.
Umumjahon savdo tashkiloti (UST) 199 yilning 1-yanvarida tashkil topdi. UST koʻp tomonlama savdo tizimlarining huquqiy va institutional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. UST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv (GATT)ning davomchisi hisoblanadi. UST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, Urugvaydagi koʻp tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 12 ta mamlakat ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 1 dekabrida Urugvayda tugagan koʻp tomonlama muzoqaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi majlisda Yakunlovchi aktni imzoladilar. 1 apreldagi «Marokko deklaratsiyasi» Shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab, savdo va kapital qoʻyilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda tushumlarni koʻpayishga olib keladi. GATT-USTning qismi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga ega:

  1. Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni himoyalash. GATT erkin savdo bilan shugʻullansa ham USTga a’zo mamlakatlari oʻzlarining milliy sanoatini tashqi raqobatdan himoya qilish huquqiga egaligini tan oladi. Biroq, GATT mamlakatlardan tariflar orqali himoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun - qoidalariga koʻra bir necha istisnolar boʻyicha miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi.

  1. «Tariflarni aloqalash». Davlatlar koʻp tomonli savdo kelishuvlari orqali milliy sanoatni qoʻllab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji boʻlsa, tariflarni kamaytirib, boshqa savdo toʻsiqlarini olib tashlashi kerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib «aloqa»ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir mahsulotni munosabatga kirishishdagi tarif darajasi UST a’zosining majburiyatidir va asosiy savdo sherigi bilan kompensatsiya haqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.

  2. «Eng qulay rejim» .GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik prinsipi hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga oʻzgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar USTning a’zosi boʻlgan boshqa davlatlarga ham kamsitishlarsiz qoʻllanilishi kerak. Xech qanday davlat boshqasiga alohida savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qoʻya olmaydi. Hamma bir xil darajada va hamma savdo toʻsiqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.

  3. «Milliy rejim». Agar afzal koʻrilgan davlatlarda kamsitish man qilingan boʻlsa, «Milliy rejim» qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart- sharoitda amalga oshirilishi kerak.

Umumjahon Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab qiladi. Birinchi bosqichda USTga qoʻshilishni xohlovchi davlatlarning hukumat boshliqlari USTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat USTga yuboruvchi oʻz memogapdumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini toʻliq qamrab olgan aspektlarni taqdim etadi. Bu memogapdum qoʻshilish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni toʻliq oʻrganish uchun asos boʻladi. Shundan soʻng USTga ariza beruvchi davlatlar boʻyicha ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh yigilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan oʻz huquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari maqsadida qiziquvchi a’zo-mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va koʻp tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida USTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi boʻyicha bajarishi lozim boʻlgan va oʻzgartirilmaydigan aniq bir tariflar beradi. Ariza beruvchi davlatning savdo rejimini oʻrganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar tuzish bilan ishchi guruh asosiy qoʻshilish shartlarini ishlab chiqadi va yigʻilish natijasiga koʻra USTga kirayotgan davlat toʻgʻrisida qaror tayyorlaydi va bu hujjatlar bosh kengash yoki vazirlar konferensiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi qaror UST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan taqdirda imzolangan hisoblanadi. USTga a’zo boʻlgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak boʻladi.
Urugvay raundi yangi koʻp tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muhim rol oʻynaydi. 1994 yilning 1 aprelida Marokashda (Marokko) 12 ta a’zo-mamlakatlarning vazirlari Urugvay raundi quyidagi tizimlardan tashkil topganligini tasdiqlovchi bitimni imzoladilar.
Umumjahon Savdo Tashkiloti toʻgʻrisida Marokash bitimi.

  • Tovarlar savdosi

  • Xizmatlar savdosi.

  • Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi boʻyicha bosh bitim (GATS)

  • Intellektual resurslar huquqi (IPRS). Intellektual resurslar savdosi boʻyicha bitim oʻz navbatida:

  • Chegaralangan ishtirokchilar soniga ega sektorial savdo bitimga.

  • Fuqaro aviatexnikasi boʻyicha bitimga.

  • Davlat xaridorlari toʻgʻrisidagi bitimlarga boʻlinadi.

  1. yilning noyabrida Doha shahrida (Qatar) USTning 4-vazirlar konferensiyasi boʻldi. Uning natijasida «Doha taraqqiyot tartibi» savdo muzokaralarining yangi raundi bosqichi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Konferensiyada dunyo savdo tizimining liberalizatsiyasi boʻyicha qoʻyidagi asosiy mavzular- xizmatlar, sanoat mollari savdosi tariflari, intellektual mulk huquqining savdo tomonlari, qishloq xoʻjaligida ichki qoʻllab-quvvatlash va eksportga subsidiyalar berish, «Singapur muammolari», savdo va investitsiya, raqobat borasida siyosat, davlat xaridlarida tgapsparentlik, savdo hamkorligi, savdo va atrof-muhit muammolari kabi mavzular koʻrib chiqildi. Bu muammolar boʻyicha turli qarashlar konsepsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jahonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 2003 yilning 10-14 sentyabrida Meksikaning Kankun shahrida boʻlib oʻtgan USTning -vazirlar konferensiyasi chogʻida savdo tizimini erkinlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yagona fikrga kela olmadilar.

Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif uslublari mavjud boʻlib, ularni qay me’yorda va qay koʻlamda qoʻllanilishi har bir davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy yoʻnalishlari bilan belgilanadi. UST talablariga koʻra barcha tashqi savdo operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga solishni maqsadga muvofiq.
UST tashkil etilgunga qadar GATT 1960-yillar oxirlarida notarif uslublarni tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda qoʻllanilishi «xalqaro savdoni erkin oqimiga toʻsqinlik qiluvchi, tarifdan oʻzga barcha choralar»-deb e’tirof etgan. Ularni turkumlash va tegishli guruhlarga ajratish boʻyicha hozirgi kungacha xalqaro miqyosda kelishilgan va tasdiqlangan umumiy bir qoida yoʻq. Shu tufayli tashqi savdoni davlat tomonidan notarif uslublar asosida tartibga solishda xalqaro (universal) me’yoriy hujjat mavjud emas.
UST, xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish boʻyicha Konferensiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSh tarif komissiyasi hamda turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga oʻzgacha yondashuvlari mavjud. BMTni savdo va rivojlanish konferensiyasi tashqi savdodagi notarif uslublarni (notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga boʻladi va u umuman olganda USTning turkumlashiga mos keladi:

  1. paratarif uslublar

  2. narxlarni nazorat etish choralari

c) moliyaviy choralar
Paratarif uslublar oʻz mazmuniga koʻra tegishli davlat hududida xorijiy tovarlarni kiritish chogʻidan bojxona bojlaridan tashqari mavjud boʻlgan barcha toʻlovlar, soliqlar, aksizlardan tarkib topgan boʻlib, bojxona yoki boshqa savdoni nazorat etuvchi organlar tomonidan undiriladi. Bir koʻrishdan ular bojxona bojlari singari qoʻllanilsada, iqtisodiy mazmuniga koʻra notarif uslublar sanaladi. Masalan, qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS), aksizlar, bojxona undiruvlari, ichki soliqlar, maxsus maqsadli toʻlovlar. Ular ichida QQS, aksizlar juda keng qoʻllanilsada, ayrim davlatlarda esa oʻzgacha tarzdagi toʻlovlar, soliqlar tarzida belgilangan.
Masalan, Avstriyada «Eksportni rivojlantirish fondiga yigʻim», Daniyada «Atrof muhit himoyasi uchun yigʻim», Shvetsiyada «Oʻsimliklarni himoyalash uchun soliq», Finlandiyada «Chiqindilarga kurash uchun yigʻim» va boshqa shu kabi yigʻim va soliqlar shular jumlasidandir. Umuman olganda paratarif uslublar tegishli mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir oʻtkazadi.
Narxni nazorat etish choralari-import qilinayotgan tovarlar narxini sun’iy kamaytirishiga yoki eksporter davlatdagi eksport subsidiyalariga qarshi belgilangan barcha turdagi chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu holat koʻpgina importyor davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi va antidemping toʻlovlari (poshlinalarni) qoʻllanilishini keltirib chiqaradi.
GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI-moddasiga (odatda u «Antidemping Kodeksi» deb ataladi) koʻra, dastlab demping holatini (faktini) aniqlash uslubi orqali antidemping toʻlovlari (poshlinalarni) qoʻllash yuridik jihatdan asoslanishi lozim. Shundan soʻng, antidemping toʻlovlarni (poshlinalarni) qoʻllash uchun tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning tegishli tarmogʻi uchun moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak.
Koʻplab davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq operatsiyalarida antidemping tekshiruvlari tahlili shuni koʻrsatadiki, koʻpgina holatlarda «dempingdagi ayblov» toʻliq isbotlanmay qoladi. Lekin, ushbu tekshiruvlarni boshlanish jarayonining oʻzi davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga, ayniqsa yirik eksportyor va importyor tashkilotlar oʻrtasiga sovuqchilik tushiradi.
Bundan tashqari, koʻp davlatlar eksportga koʻmak berish maqsadida dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy vositalar bilan protensionistik siyosati tadbirlarini amalga oshiradilar. «Yangi proteksionizm» deb nom olgan ushbu choralarni qoʻllash tartibi UST doirasida qabul qilingan «Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar toʻgʻrisidagi Bitim»da oʻz aksini topgan.
Moliyaviy choralar- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning oʻziga xos qoidalari tarzida tashqi savdo aloqalarida qoʻllaniladi. (Masalan, tashqi savdo operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi).
Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan tovarlarni kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qoʻllanilishida oʻz ifodasini topadi.
GATTning 1994 yilda qabul qilingan hujjatlarida miqdoriy choralarni amaliyotda qoʻllanilishidan voz kyechish-jahondagi tegishli iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish omili sifatida belgilangan boʻlsada, u yoki bu tovar boʻyicha miqdoriy cheklovlarni qoʻllashga ruxsat etilgan. Shu tufayli, koʻpgina davlatlar, mamlakatning toʻlov balansida muvozanatni saqlash, ichki bozordagi raqobatni ta’minlash maqsadlarida miqdoriy cheklov (kvotalash) choralarini qoʻllaydilar. Koʻp hollarda u import qilinayotgan tovarning fizik miqdori boʻyicha cheklov, (xususan tonna, dona, metr va h.k.) yoki tovarlar guruhi boʻyicha pul miqdoridagi cheklov (masalan, mln. AQSh dollari hajmida) belgilandi.
Avtomatik litsenziyalash choralari, tegishli tovarni mamlakatga kiritish va chiqarishda muayyan hujjat-litsenziyaning mavjud boʻlishini talab etadi. Litsenziyalash kiritilishi bilan tovarlar savdosini monitoring qilish, kuzatish imkoni vujudga keladi. Odatda litsenziyalashning avtomatik tarzda amalga oshirilishi koʻpgina davlatlar tajribasida keng qoʻllanildi. UST doirasida «Importni litsenziyalash tadbirlari toʻgʻrisidagi Bitim» (Importni litsenziyalash Kodeksi) mavjud boʻlib, u import litsenziyalarini berishdagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirish va unifikatsiyalashtirishga qaratilgan.
Monopolistik choralar tarkibiga davlatning rivojlanish bosqichida ichki va tashqi savdo tizimini davlat qoʻlida saqlanishiga oid boʻlgan tashkiliy jarayonlar kiradi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi u yoki bu tovar guruhiga yoki barcha tizimga ham taaluqli boʻlishi mumkin. Bunda ushbu tadbirlar ma’naviy asoslar, sihat-salomatlikni saqlash (masalan, alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan), aholini uzluksiz dori-darmon bilan ta’minlash, oziq-ovqat boʻyicha xavfsizlik (masalan, don mahsulotlariga nisbatan), sanitariya-veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadlarida (masalan, oziq-ovqat va goʻsht mahsulotlariga nisbatan) qoʻllanilishi mumkin.
GATTning 1994 yilgi Bosh Bitimining XVII- moddasi tashqi savdoda monopolistik choralar qoʻllanilishini nazarda tutadi va davlat savdo korxonalarining unda faoliyat yuritishini man etmaydi. Lekin, ular oʻz faoliyatida diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymasliklari va tijorat prinsiplari asosida sifat va narx boʻyicha mutanosiblikni ta’minlashlari zarurligi alohida ta’kidlab oʻtilgan.
Texnik choralar yoki texnik baryerlar. Import qilayotgan mamlakat oʻz milliy standartlari asosida xavfsizlik va tovarlar sifatini nazorat etish maqsadida ushbu notarif uslubdan foydalandilar. Ushbu turkumga cheklovlar muayyan bir standartlar tarzida boʻlib, eksport qilinayotgan tovarlar sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, insonlar hayoti va xavfsizligini ta’minlash, atrof muhit himoyasi, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslangan boʻlishi lozim.
UST doirasida savdoda texnik barerlar toʻgʻrisidagi Bitimga asosan har qanday davlat majburiy texnik standartlarini belgilashi mumkinligi ta’kidlab oʻtilgan. Xususan, u tovarlarni qadoqlanishi, markirovkasiga ham tegishli boʻlishi mumkin. Amalda qoʻllanilaetgan texnik barerlar texnik standartlar tarzida mahsulot sifatining texnik me’yorlarini (masalan, elektr toki quvvati, kuchlanishi, mahsulotning milliy oʻlchov birliklar tizimiga mosligi, ekologik zararsizligi va h.k. talablar) ifodalaydi. Tashqi savdoda texnik barerlarni qoʻllayotgan davlatlar xalqaro standartlar asosida uni belgilashlari yoki nima asosida kiritilayotganliklari haqida UST sekretariatiga xabar berishlari lozim.
Tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda asosiy oʻrinni tarif uslublari xususan, import bojxona tarifi egallaydi. oʻz tabiatiga koʻra import bojxona tariflari bir-biriga bogʻlangan toʻrt asosiy elementdan tarkib topadi:

  • mamlakatga kiritiladigan tovarlar turkumining (nomenklaturasi) tizimga solingan tarkibi. Odatda u Bojxona hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan va UST/GATT tizimida tan olingan «Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning komil tizimi» (ingl. Harmonised Commodity Description and Coding System) asosida amalga oshiriladi. Koʻpgina hollarda u sodda tarzda «Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi»;

  • bojxona qiymatini aniqlash uslublari va bojlar undirish tartibi. U tegishli davlatning Bojxona Kodeksi va Boj tariflari toʻgʻrisidagi qonun va hukumatning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;

  • bojlarni kiritish va bekor qilish mexanizmi (tartibi). Bu elementlar ham Bojxona kodeksi, Boj tariflari toʻgʻrisidagi qonun hamda hukumat yoki qonun chiqaruvchi organlarning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;

  • tovarlarni kelib chiqish mexanizmini aniqlash qoidalari. UST/GATT hamda xalqaro bojxona tashkiloti yoʻriqnomalari, tavsiyalari asosida tovarga qaysi manzilda koʻproq qoʻshimcha qiymat qoʻshilganligiga asoslanib, unga asosiy ishlab chiqarilgan davlat manzilini belgilash.

Shunday qilib, tashqi savdoni tartibga solish uslublari oʻta murakkab va oʻzaro bogʻliq boʻlgan qoida va tartiblar bilan bir qatorda, turli yoʻnalishdagi choralarni oʻz ichiga oladi. Tashqi savdoda tarif va notarif uslublarni qay me’yorda qoʻllanilishi tegishli mamlakatning tashqi savdo siyosatiga bogʻliq.

Yüklə 222,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin