9-mavzu. Mashina detallari va ularga qoʻyiladigan talablar


Vallar va oʻqlarga qoʻyiladigan texnologik talablar



Yüklə 58,26 Kb.
səhifə6/7
tarix09.07.2023
ölçüsü58,26 Kb.
#136182
1   2   3   4   5   6   7
9-мавзу машина деталларига талаблар

Vallar va oʻqlarga qoʻyiladigan texnologik talablar.

1.Yetarli daraja bikrlik.


Val uzunligini uning diametriga nisbati 10-12dan oshmasa ushbu valning konstruksiyasi bikr hisoblanadi. Ushbu nisbat bundan katta boʻlsa bunday valga tokarlik ishlovini berish uchun qoʻshimcha tayanch – lyunetlarni qoʻllash talab etiladi.


2.Oʻzgarmas texnologik bazalar – markaziy chuqurchalar hosil qilish. Ushbu chuqurchalar yordamida valn va oʻqni dastgohga oʻrnatish va pogʻonasimon yuzalarga ishlov berish aniqligi oshiriladi. Markaziy chuqurchalarning shakli va oʻlchamlari GOST 14034-74ga muvofiq boʻlishi lozim.
3.Jilvirlash toshini valdan va oʻqdan chiqishini osonlashtirish uchun standart ariqchalar hosil qilish talab etiladi. Ushbu ariqchalarning shakli va oʻlchami GOST 8820-69ga mos boʻlishi lozim. Ariqcha ochadigan keskichlarning tip-oʻlchamlarini kamaytirish maqsadida ushbu ariqchalarni iloji boricha bir xilda tayyorlash lozim.
4.Val yoki oʻqning pogʻonalari diametrlari bir-biriga yaqin boʻlishi, kattalashib yoki kichiklashib boradigan boʻlishi. Pogʻonalar iloji boricha simmetrik boʻlishi va koʻp keskichli asbob bilan bir vaqtning oʻzida ishlov berish uchun ularning uzunligi bir xilda boʻlishi lozim.
Pogʻonalarning diametrlari orasidagi farq katta boʻlasa – qirqish hajmini kamaytirish va metall sarfini kamaytirish maqsadida maxsus keskichli kallaklarni qoʻllash lozim.
5.Silliq va uzun val va oʻqlarda pogʻona oʻrniga zarur hollarda tirgak botiqliklar yoki burtlar oʻrniga kengayuvchan prujinali halqalarni qoʻllash lozim. Ushbu holda burt ariqcha bilan almashtiriladi.
6. Uzun va bikr boʻlmagan vallar va oʻqlarning chetida tashish, koʻtarish va termik ishlov berishni osonlashtirish va osilgan holda saqlash uchun rezbali tuynuk qoldirish lozim.
7. Yirik vallar va oʻqlarni ichi boʻsh shaklda tayyorlash lozim.
8.Val va oʻqning boʻylama oʻlchamlarini oqilona belgilash dastgohni sozlashni osonlashtiradi va ishlov berish sermehnatligini kamaytiradi.
9.Pogʻonalar orasidagi dumaloqlash radiuslari kesvchi asbobning chidamliligini oshiradi.
10. Ichki va tashqi rezbalarning chiqish shakli va oʻlchamlari GOST 10549-80ga mos kelishi lozim.
11. Jilvirlanadigan yuzalar toʻxtovsiz boʻlishi lozim. Ushbu chora ishlov berish aniqligini oshirish imkoniyatini beradi.
12.Pogʻonalar qirrasida faskalar qoldirish – jilvirlashda ushbu qirralarning uvalanishini oldini oladi.
13. Valning va oʻqning pogʻonalari va faskasi orasidagi konusaviy oʻtish joylarini shakllantirish - plandagi bosh burchagi 30,45,60 va 90 gradusli tokarlik kesib oʻtuvchi keskichlar bilan ishlov berishni hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
14.Valning va oʻqning chetlarida dumaloq halqachalar hosil qilmaslik lozim, sababi ularga ishlov berish qiyin boʻladi.
15.Bitta shakldan boshqasiga oʻtish yuzalarini faskalar bilan almashtirish lozim.
16. Valning va oʻqning har xil pogʻonalarida bir nechta shponka ariqchalar hosil qilish zarurati boʻlsa ularni bir xil kenglikda va bitta chiziqda joylashtirish lozim.
17.Shponka ariqchalarining chuqurligi va kengligi standart shponka frezalari oʻlchamlariga mos boʻlishi lozim.
18.Diskli freza bilan ochiladigan ariqcha barmoqsimon freza bilan ochiladigan ariqchaga nisbatan maqsadga muvofiqroq hisoblanadi.



Yüklə 58,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin